O`zbekiston Birinchiligi, II bosqich. «Yoshlik» o`rniga «Registon»

06.08.2012

O`zbekiston Birinchiligi, II bosqich. «Yoshlik» o`rniga «Registon»

2012 yilgi O`zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari tarkibida o`zgarish sodir bo`ldi.

«Yoshlik» PFK 2011 yilgi mavsum uchun futbolchi va murabbiylar oldida qarzdor, shuningdek, O`FF futbolchilar o`tishi va maqomi Qo`mitasining 2012 yil 2 mart va 2012 yil 11 mayda qabul qilgan qarorlarini bajarmadi.

Shu munosabat bilan, O`FF Ijroiya qo`mitasi Byurosi, «O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi musobaqalarning 2012 yilgi Reglamenti» (Tartib-intizom kodeksi, 5-modda, 1-bo`lim, 5.23, 5.25-bandlari)ga asosan, «Yoshlik» PFKni 2012 yilgi O`zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari safidan chiqarish to`g`risida qaror qabul qildi.

«Yoshlik» PFKning musobaqadan olingani munosabati bilan, sport tamoyillariga muvofiq, Reglament (4-modda, 4.4-bandi)ga asosan, Samarqandning «Registon» professional futbol klubi O`zbekiston Birinchiligi II bosqich o`yinlari ishtirokchilari qatoriga kiritildi.

Ma`lumot o`rnida, «Registon» II bosqichning ilk uchrashuvini 11 avgust, shanba kuni mehmonda Toshkentning «Oqtepa» jamoasiga qarshi o`tkazadi. II bosqichning to`liq taqvimi bilan bu erda tanishish mumkin.

cola
apex
mib
mib
mib
mib