Oliy Liga. «Bunyodkor» ochko yo`qotdi

05.08.2012

Oliy Liga. «Bunyodkor» ochko yo`qotdi

Oliy Liga 14-tur o`yinlari yakuniga etdi. Turning dastlabki o`yinlari 3 avgust kuni o`tkazilgandi.

Turning kutilmagan natijasi 4 avgust kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida qayd etildi. Amaldagi chempion va musobaqa peshqadami hisoblangan Toshkentning «Bunyodkor» klubi o`z maydonida turnir autsayderlaridan biri – «Andijon» klubini mag`lubiyatga uchrata olmadi. O`yin 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. Ma`lumot o`rnida qayd etish joiz, Andijonda bo`lib o`tgan birinchi davra o`yinida «Bunyodkor» 2:0 hisobida g`alaba qozongan edi.

14-tur o`yinlari doirasida Bekobodda yangi stadion ochilishi bo`lib o`tdi. Endi mahalliy «Metallurg» klubi o`z raqiblarini yangi qurib bitkazilgan «Metallurg» o`yingohida o`tkazadi. Qayd etish joiz, «Metallurg» ishtirokidagi uy uchrashuvini 10 mingdan ortiq muxlis bevosita stadiondan kuzatib bordi.

«Metallurg» shu kuni Toshkentning «Paxtakor» jamoasini qabul qildi. O`yin 2:1 hisobida mehmonlar g`alabasi bilan yakuniga etdi. Dastlab «Paxtakor» hujumchisi Shahboz Erkinov hisobni ochgan bo`lsa, 29-daqiqada Dilmurod Karimov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. Biroq uchrashuvning eng yaxshi o`yinchilaridan biri deya topilgan Sherzod Karimov tomonidan ikkinchi taymda urilgan gol «Paxtakor»ga g`alaba keltirdi.

Ushbu g`alabadan so`ng uchinchi o`rindagi «Paxtakor» bilan ikkinchi o`rindagi «Nasaf» orasidagi ochkolar farqi bittagacha qisqardi. Musobaqa peshqadami «Bunyodkor» hisobida esa 14-turdan so`ng 31 ochko mavjud.

Oliy Liga, 14-tur uchrashuvlari
4 avgust, shanba
«Metallurg» (Bekobod) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:2. 10568 tomoshabin.
Hakamlar:
S. Zaylobidinov (Farg`ona), B. Norsafarov (Qarshi), T. Gaynulin (Toshkent), I. Gormashov (Toshkent).
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Gollar: D. Karimov (29) – Sh. Erkinov (7), Sh. Karimov (53).
Ogohlantirishlar: B. Kalevich (21) – D. Hoshimov (28), Sh. Erkinov (56), D. Sharofutdinov (86).
Chetlatish: D. Hoshimov (ikkinchi ogohlantirish, 90+3).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Ikromov – Sh. Karimov.

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Andijon» (Andijon) – 0:0. 2123 tomoshabin.
Hakamlar:
B. Tog`aev (Toshkent), M. Sharipov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), T. Galeev (Urganch).
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Ogohlantirishlar: Sh. Salomov (63), L. To`raev (70), X. Karimov (90) – B. Abdurahimov (21), O. Valijonov (67).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Karpenko – Yu. Tsoy.

cola
apex
mib
mib
mib
mib