Oliy Liga. Ikkinchi davra boshlandi

04.08.2012

Oliy Liga. Ikkinchi davra boshlandi

2012 yilgi Oliy Liga bahslarida ikkinchi davra o`yinlari start oldi.

Toshkentning «Lokomotiv» klubi o`z maydonida Samarqandning «Dinamo»sini qabul qilib, 3:1 hisobida g`alaba qozongan bo`lsa, Vladimir Shishelovning yagona goli «Nasaf»ga «Olmaliq» ustidan safardagi muhim g`alabani keltirdi (1:0).

«Buxoro» – «Neftchi» o`yinida, maydon egalari 29-daqiqadan boshlab biri kishi kam bo`lib harakatlanganliklariga qaramay, buxoroliklarning nigeriyalik himoyachisi Devid Oniya so`nggi daqiqada jamoasini mag`lubiyatdan qutqarib qolgan bo`lsa (1:1), «Navbahor» «Mash`al»ga qarshi o`yinning so`nggi daqiqalarida 2:0 hisobidagi g`alabani yo`qqa chiqardi (2:2).

G`uzorda o`tkazilgan «Sho`rtan» hamda «Qizilqum» jamoalari o`rtasidagi bahsda esa maydon egalari 2:0 hisobidagi ishonchli g`alabaga erishishdi. Birinchi davrada Zarafshonda bo`lib o`tgan o`yinda xuddi shunday hisobda «Qizilqum» g`alaba qozongandi.

Turning so`nggi ikki o`yini – «Metallurg» – «Paxtakor» hamda «Bunyodkor» – «Andijon» bahslari 4 avgust kuni bo`lib o`tadi. «Metallurg» toshkentlik raqibini o`zining yangi ochilajak stadionida qabul qilishi kutilayotgan bo`lsa, «Andijon» «Jar» mehmoni bo`ladi.

Oliy Liga, 14-tur uchrashuvlari
3 avgust, juma
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Dinamo» (Samarqand) – 3:1. 1207 tomoshabin.
Hakamlar:
H. Ro`ziev (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), D. Pislegin (Toshkent).
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: A. Shadrin (3, 45), I. To`xtaxo`jaev (23) – I. Nagaev (37).
Ogohlantirishlar: Sh. Sharipov (41) – A. Eroxin (14), A. Jadigerov (22).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. To`xtaxo`jaev – I. Nagaev.

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Nasaf» (Qarshi) – 0:1. 2301 tomoshabin.
Hakamlar:
M. Ismoilov (Toshkent), A. Mironov (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), A. Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gol: V. Shishelov (53).
Ogohlantirishlar: Z. To`raev (45+1) – E. Boydullaev (61).
Eng yaxshi o`yinchilar: O. Zoteev – V. Shishelov.

«Buxoro» (Buxoro) – «Neftchi» (Farg`ona) – 1:1. 11351 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), R. Toshmuhamedov (Nukus).
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: D. Oniya (90) – S. Asqaraliev (66).
Ogohlantirishlar: A. Xolmurodov (12), V. Shodiev (35) – I. Boboxonov (19), Sh. Nasibullaev (21).
Chetlatish: A. Xolmuradov (ikkinchi ogohlantirish, 29).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Oniya – S. Asqaraliev.

«Navbahor» (Namangan) – «Mash`al» (Muborak) – 2:2. 4251 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Kopadze (Farg`ona).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: A. Jo`raev (25), S. Hamidov (72) – M. Risanovich (88), S. Shodmonov (90+3).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Jo`raev – S. Shodmonov.

«Sho`rtan» (G`uzor) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 2:0. 7172 tomoshabin.
Hakamlar:
M. Muhamedov (Toshkent viloyati), A. Snetkov (Toshkent viloyati), X. Mirzaaxmedov (Toshkent viloyati), A. Choriev (Termiz).
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: Adamo Soro (75), A. Omonov (83).
Ogohlantirishlar: A. Omonov (66), V. Ponamaryov (81), V. Afonin (87) – A. Samatov (26), Sh. Jo`raev (45+1), A. Vlasichev (58), T. Kagirov (80).
Eng yaxshi o`yinchilar: Adamo Soro - P. Leus.

cola
apex
mib
mib
mib
mib