Yoshlar Birinchiligi. «Paxtakor» peshqadamlikni saqlab qoldi

04.08.2012

Yoshlar Birinchiligi. «Paxtakor» peshqadamlikni saqlab qoldi

3 avgust kuni Yoshlar Birinchiligida 14-tur o`yinlarini yakunlab beruvchi bahslar bo`lib o`tdi. Turning dastlabki o`yinlari 2 avgust kuni o`tkazilgan edi.

Bekobodda «Metallurg» yoshlari mehmoni bo`lgan «Paxtakor», birinchi bo`lib to`p o`tkazib yuborganiga qaramay, keyinchalik uchta gol urib, irodali g`alabani qo`lga kiritdi hamda musobaqa jadvalidagi peshqadamlikni «Qizilqum»dan qaytarib oldi. Uchrashuvda «Metallurg» yarim himoyachisi G`ulom Halimtoev penaltidan foydalana olmadi.

«Bunyodkor» hamda «Andijon» yoshlari o`rtasidagi bahs esa turning eng sermahsul o`yiniga aylandi. «Bunyodkor»ning yosh futbolchilari birinchi bo`lib o`z darvozalaridan to`p o`tkazib yuborganliklariga qaramay, 90-daqiqagacha raqib darvozasini 4 marta ishg`ol etishga muvaffaq bo`lishdi. Biroq o`yinni tomosha qilishga kelgan ishqibozlar 90-daqiqadan keyin ham zerikib qolishgani yo`q: o`yin oxiridagi qandaydir 4-5 daqiqa ichida «Bunyodkor» yana bir marta, «Andijon» yoshlari esa ikki marta gol urishga muvaffaq bo`lishdi.

Ushbu g`alabadan so`ng «Bunyodkor» ochkolari sonini 15taga etkazgani holda musobaqa jadvalida 11-o`rinda bormoqda. «Andijon» esa birdaniga uchinchi o`ringa ko`tarilish imkonini qo`ldan chiqardi.

Yoshlar Birinchiligi, 14-tur uchrashuvlari
3 avgust, juma
«Metallurg» (Bekobod) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:3. 368 tomoshabin.
Hakamlar:
I. Gormashov (Toshkent), Z. Abdurahmonov, B. Umarov, Sh. Boboqulov.
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Gollar: M. Akbarov (41) – M. Fomin (45+1), I. Sergeev (86, 88).
54-daqiqada G`.Halimtoev («Metallurg») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: A. Ziyovutdinov (16), S. Inomjonov (71) – J. Iskandarov (16), N. Ribkin (53), D. Masharipov (56), T. Shamsitdinov (86).
Chetlatish: A. Ziyovutdinov (ikkinchi ogohlantirish, 33) – D. Masharipov (ikkinchi ogohlantirish, 66).

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Andijon» (Andijon) - 5:3. 203 tomoshabin.
Hakamlar:
T. Galeev (Urganch), B. Bahromov, S. Shoyusupov, V. Najafaliev.
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Gollar: A. Rahmatullaev (32), B. Pardaev (71, 84, 90+2), S. Rixsiboev (89) – A. Ergashev (17), F. Salohitdinov (90), A. To`xtasinov (90+3, penalti).
Ogohlantirishlar: X. Asqarov (30), D. Jo`raev (38), K. Tojiboev (80) – Sh. Mahmudov (31), A. To`xtasinov (44).

14-TURDAN KEYINGI HOLAT

TO`PURARLAR: 8 – Akmal Ergashev («Andijon»), 7 – Igor Rogovanov («Qizilqum»), Izzat G`aniev («Neftchi»), Sanjar Baratov («Nasaf»).

1
PAXTAKOR (Toshkent)
14
10
2
2
29-18
32
2
QIZILQUM (Zarafshon)
14
10
1
3
28-14
31
3
OLMALIQ (Olmaliq)
14
9
0
5
24-16
27
4
NEFTChI (Farg`ona)
14
7
4
3
25-18
25
5
ANDIJON (Andijon)
14
8
1
5
24-17
25
6
NASAF (Qarshi)
14
6
2
6
22-22
20
7
LOKOMOTIV (Toshkent)
14
5
4
5
19-21
19
8
DINAMO (Samarqand)
14
5
3
6
cola
apex
mib
mib
mib
mib