Oliy Liga 14-tur o`yinlari boshlanish vaqti

03.08.2012

Oliy Liga 14-tur o`yinlari boshlanish vaqti

3 avgust kuni Oliy Liga-2012da ikkinchi davra bahslari start oladi.

Turning birinchi kunida beshta o`yin bo`lib o`tadi. «Lokomotiv» o`z maydonida «Dinamo»ni qabul qilsa, «Nasaf» «Olmaliq» mehmoni bo`ladi; yangilangan «Buxoro» «Neftchi»ni mehmon qilsa, «Navbahor» «Mash`al» bilan bahs olib boradi. Birinchi davraning so`nggi uchrashuvida «Sho`rtan»ni mag`lubiyatga uchratgan «Qizilqum» esa G`uzorga safar qiladi.

4 avgust kuni esa yana ikkita o`yin o`tkazilishi rejalashtirilgan. Bekoboddagi yangi stadion ochilishida «Metallurg» «Paxtakor»ni qabul qilsa, «Bunyodkor» Toshkentda «Andijon»ga qarshi maydonga tushadi.

Oliy Liga, 14-tur uchrashuvlari
3 avgust, juma

17:00. «Lokomotiv» – «Dinamo»
17:45. «Olmaliq» – «Nasaf»
18:00. «Buxoro» – «Neftchi»
17:15. «Navbahor» – «Mash`al»
19:00. «Sho`rtan» – «Qizilqum»

4 avgust, shanba
18:30. «Metallurg» – «Paxtakor»
20:00. «Bunyodkor» – «Andijon»

cola
apex
mib
mib
mib
mib