Yoshlar Birinchiligida ikkinchi davra o`yinlari start oldi

03.08.2012

Yoshlar Birinchiligida ikkinchi davra o`yinlari start oldi

2 avgust kuni, beshta o`yin bilan, Yoshlar Birinchiligida ikkinchi davra o`yinlari start oldi. Turning qolgan o`yinlari 3 avgust kuni bo`lib o`tadi.

Musobaqa etakchilaridan biri, Zarafshonning «Qizilqum» klubi yoshlari mehmonda «Sho`rtan»ga qarshi bahs olib borganliklariga qaramay, 3:2 hisobida g`alaba qozonishga muvaffaq bo`lishdi. Ushbu g`alaba zarafshonlik futbolchilarni kamida bir kunga musobaqa peshqadamiga aylantirdi. Ayni vaqtda «Qizilqum» hisobida 31 ochko mavjud bo`lsa, ikkinchi o`ringa tushib qolgan «Paxtakor» hisobida 29 ochko bor. Yosh paxtakorchilar 3 avgust kuni «Metallurg» bilan bahs olib borishadi.

Uchinchi o`rinni egallab turgan «Olmaliq» esa «Nasaf»ga qarshi qizg`in bahsda ikki bora hisobda oldinda borganiga qaramay, oxir-oqibat 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ayni vaqtda olmaliqliklar hisobida 27 ochko bor va ular hali ham uchinchi pog`onada borishmoqda. Biroq 3 avgust kuni bo`lajak «Bunyodkor» – «Andijon» o`yinida mehmonlar g`alaba qozonadigan bo`lsa, Toshkent viloyati jamoasi to`rtinchi o`ringa tushadi.

Yoshlar Birinchiligi, 14-tur uchrashuvlari
2 avgust, payshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Dinamo» (Samarqand) – 2:1. 93 tomoshabin.
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent), R. Nugmanov, A. Po`latov, A. Rubakov.
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: A. No``monov (52, penalti), I. Rahimov (80) – T. Qobilov (77).
18-daqiqada H. Usmonov («Dinamo») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: I. Inomov (17), R. A`zamov (73), S. Abdullaev (86), A. Po`latov (90+4) – N. Safarov (14), X. Usmonov (33), A. Bozorov (37), T. Qobilov (52), U. Nabiev (61).

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Nasaf» (Qarshi) – 2:3. 351 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Ergashev (Toshkent), I. Zoitov, R. Sohabutdinov, R. Dostonov.
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gollar: G`. Tursunov (7), Sh. Mirzaev (56) – O. Hamrobekov (21), E. Boymatov (53), S. Baratov (90).
Ogohlantirishlar: I. Mustafoev (39), E. Gogol (51) – M. Jo`raboev (23), M. Mo`minov (90+1).
Chetlatish: E. Gogol (51).

«Buxoro» (Buxoro) – «Neftchi» (Farg`ona) – 1:2. 251 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Toshmuhamedov (Nukus), Sh. Rajabov, A. Burov, E. Tursunov.
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: D. Ubaydullaev (37) – T. Islomov (25, 27).
Ogohlantirishlar: I. G`aniev (37), A. Abdug`aniev (ikkisi ham - «Neftchi», 49).

«Navbahor» (Namangan) – «Mash`al» (Muborak) – 1:4. 67 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Kopadze (Farg`ona), M. Majidov, R. Fozilov, Sh. Bozorov.
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: F. Oxunov (46) – Sh. Fayziev (52), G`. G`ulomov (63, 64), S. Rahmanov (90+1, penalti).
Ogohlantirishlar: D. Xolmirzaev (34), I. Isoqjonov (51), M. Sobirov (70) – I. Toshpo`latov (13), A. Hotamov (40), G`. G`ulomov (51), T. Dadashev (70).
Chetlatish: M. Sobirov (77).

«Sho`rtan» (G`uzor) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 2:3. 183 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Choriev (Termiz), S. Sattorov, F. Norsafarov, N. Qosimov.
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: I. Xazigaliev (15), A. Omonov (75) – B. Diykanboev (32), I. Rogovanov (43), A. Abdullaev (67).
Ogohlantirishlar: X. Asadov (45), T. Ochilov (ikkisi ham - «Sho`rtan», 48).

3 avgust, juma
«Metallurg» – «Paxtakor» (18:00da boshlanadi)
«Bunyodkor» – «Andijon» (18:00)

cola
apex
mib
mib
mib
mib