O`zbekiston Kubogining yarim finalchilari aniqlandi.
So`nggi ikki yildan beri final ostonasiga qadar bir hilda to`rt klub etib kelayotgandi. Shulardan uchtasi - «Paxtakor», «Bunyodkor» va «Nasaf» yaxshi an`anani saqlab qolishdi. So`nggi ikki yillikning to`rtinchi yarim finalchisi – G`uzorning «Sho`rtan» klubi esa nim chorak finalda «Bunyodkor»ga imkoniyatni boy bergandi. Chorak finalda Toshkentning «Lokomotiv» klubini ortda qoldirgan «Buxoro» yarim finalning to`rtinchi ishtirokchisiga aylandi.
Tajmurod Agamurodov boshqaruvidagi «Buxoro» chorak finalning ilk uchrashuvini o`z maydonida o`tkazib, 2:0 hisobida ustun kelgandi. Safardagi o`yinni esa aynan shu hisobda boy berdi. Qo`shimcha daqiqalarda darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va g`olib jamoa penaltilar seriyasiga ko`ra aniqlandi. Unda nisbatan aniq harakat qilgan mehmonlar O`zbekiston Kubogi yarim finaliga yo`llanma olishdi.
Toshkentda bo`lib o`tgan dastlabki uchrashuvni 3:0 hisobida o`z foydasiga hal qilgan «Bunyodkor» «Mash`al»ga qarshi javob o`yinini Yangierda o`tkazdi. Bunga sabab qilib Muborakdagi stadionda ta`mirlash ishlari olib borilayotganini ko`rsatish mumkin. Yangierdagi o`yinda hisob ochilmadi va «qaldrg`ochlar» yarim final chiptasiga ega chiqishdi.
Andijondan 2:1 hisobidagi g`alaba bilan qaytgan O`zbekiston Kubogining amaldagi egasi – Toshkentning «Paxtakor» klubi chorak finalning har ikki o`yinida zafar quchgan yagona jamoaga aylandi. Uzoq kutilgan tanaffusdan keyin o`z maydoniga qaytgan «paxtakorchilar» Temurxo`ja Abduholiqov va Stanislav Andreevning gollari evaziga muvaffaqiyat qozonishdi – 2:0.
Chorak finalning eng qiziqarli to`qnashuvlaridan biri Qarshida - «Nasaf» va «Metallurg» klublari o`rtasida bo`lib o`tdi. Bekoboddagi o`yinda 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan Rustam Mirsodiqov shogirdlarini yarim finaldan bor yo`g`i 4 daqiqa ajratib turgandi. Biroq mavsum o`rtasida «Andijon»dan kelib qo`shilgan Vladimir Shishelov «Nasaf» joniga oro kirdi.
Yarim finalda muxlislar Toshkent derbisiga guvoh bo`lishlari mumkin. Final chiptasiga ega chiqish uchun «Paxtakor» va «Bunyodkor» klublari o`zaro kurash olib borishadi. Ikkinchi juftlikda esa «Nasaf» «Buxoro»ni imtixon qiladi.
O`zbekiston Kubogi.
Chorak final javob o`yinlari.
«Lokomotiv» - «Buxoro» 2:0 (pen: 6:7)
Gollar: Islom Inomov (59), Dilshod Rahmatullaev (87).
Dastlabki uchrashuv: 0:2.
«Mash`al» - «Bunyodkor» 0:0
Dastlabki uchrashuv: 0:3.
«Paxtakor» - «Andijon» 2:0
Gollar: Temurxo`ja Abduholiqov (77), Stanislav Andreev (85).
Dastlabki uchrashuv: 1:2.
«Nasaf» - «Metallurg» 4:2
Gollar: Vladimir Shishelov (14, 90), Artur Gevorkyan (53), Kenja To`raev (68) — Ilyos Qurbonov (67), Ruslan Vagapov (88).
Dastlabki uchrashuv: 1:2.
Yarim final
«Bunyodkor» - «Paxtakor»
«Nasaf» - «Buxoro»