O`zbekiston Professional futbol ligasi (O`zPFL) O`zbekiston Oliy Ligasi va Birinchiligi klublari, futbol hakamlari, murabbiylar va futbolchilarni birlashtiruvchi tashkilot hisoblanadi.
2012 yilgi O`zbekiston Oliy Ligasi bahslarida 14 jamoa ishtirok etmoqda. Bular, «Bunyodkor» (Toshkent), «Paxtakor» (Toshkent), «Lokomotiv» (Toshkent), «Olmaliq» (Olmaliq), «Metallurg» (Bekobod), «Andijon» (Andijon), «Navbahor» (Namangan), «Neftchi» (Farg`ona), «Dinamo» (Samarqand), «Buxoro» (Buxoro), «Qizilqum» (Zarafshon), «Nasaf» (Qarshi), «Mash`al» (Muborak), «Sho`rtan» (G`uzor) klublaridir. O`zbekiston teleradiokompaniyasining «Sport» telekanali esa Oliy Liga o`yinlarini to`g`ridan-to`g`ri va yozib olingan holda translyatsiya qiluvchi yagona telekanal hisoblanadi va uning ko`lami butun O`zbekiston hududini qamrab oladi.
O`zPFL qiziqish bildirgan va manfaatdor tashkilot va kompaniyalarni hamkorlikka chaqiradi va ularga O`zPFL bayrog`i ostida o`tkazilayotgan musobaqalar – Oliy Liga, O`zbekiston Birinchiligi va O`zbekiston Kubogiga homiylik qilishni taklif qiladi.
Homiylik va hamkorlik qilish istagida bo`lgan tashkilot va kompaniyalarga taqdim etiladigan imkoniyat hamda sharoitlar, shuningdek, shartlar va talablar to`g`risida maxsus fayldan to`liq ma`lumot olishingiz mumkin.