O`zbekiston Kubogi, chorak final. «Buxoro» «Lokomotiv»ni mag`lub etdi

25.07.2012

O`zbekiston Kubogi, chorak final. «Buxoro» «Lokomotiv»ni mag`lub etdi

 

O`zbekiston Kubogi chorak final dastlabki o`yinlari doirasidagi so`nggi o`yin bo`lib o`tdi.

25 iyul kuni O`zbekiston Kubogi chorak final dastlabki o`yinlari doirasida «Buxoro» o`z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qildi. O`yin 2:0 hisobida maydon egalari g`alabasi bilan yakuniga etdi.

Uchrashuvda hisob 34-daqiqada Otabek Narzullaev tomonidan ochilgan bo`lsa, o`yin yakunlanishiga bir daqiqa qolganida Aleksey Nikolaev oradagi farqni ikkitaga oshirdi.

Javob uchrashuvi 29 iyul kuni Toshkentda bo`lib o`tadi. Shu kuni chorak finalning boshqa juftliklari ham yarim final yo`llanmalari uchun maydonga tushishadi.

O`zbekiston Kubogi, chorak final, dastlabki uchrashuv
25 iyul, chorshanba
«Buxoro» (Buxoro) – «Lokomotiv» (Toshkent) 2:0 (1:0)
Hakamlar: T. To`xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), U. Karimov (Andijon), I. Tantashev (Buxoro).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gollar: O. Narzullaev (32), A. Nikolaev (88).
Ogohlantirishlar: D. Oniya (15) – B. Yuldashev (41), A. Fomenko (70), I. Inomov (90+1).
7327 tomoshabin.

cola
apex
mib
mib
mib
mib