O`zbekiston Kubogi, chorak final. «Paxtakor» va «Metallurg» g`alaba qozondi

09.07.2012

O`zbekiston Kubogi, chorak final. «Paxtakor» va «Metallurg» g`alaba qozondi

 

O`zbekiston Kubogi chorak final dastlabki o`yinlari doirasidan o`rin olgan ilk o`yinlar bo`lib o`tdi.
 
8 iyul kuni 2012 yilgi O`zbekiston Kubogi chorak final dastlabki o`yinlari doirasida ikkita o`yin bo`lib o`tdi. Bekobodda «Metallurg»da Qarshining «Nasaf» jamoasini qabul qilgan bo`lsa, Kubokning amaldagi sohibi – Toshkentning «Paxtakor» klubi «Andijon» mehmoni bo`ldi. Har ikkala o`yinda ham 2:1 hisobi qayd etildi.
 
Bekoboddagi o`yinda maydon egalari 2:1 hisobida g`alaba qozondi. Dastlab «Metallurg» hujumchisi Shahzod Nurmatov 6-daqiqada hisobni ochgan bo`lsa, 19-daqiqaga kelib «Nasaf» vakili Shuhratbek Mirxoldirshoev penaltidan muvozanatni tikladi. Biroq birinchi bo`lim yakunlanishiga uch daqiqa qolganida Ruslan Vagapov «Metallurg»ni yana bir bor hisobda oldinga olib chiqdi va o`yin oxirigacha muxlislar boshqa gol ko`rishmadi.
 
Andijondagi o`yinda «Paxtakor» 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda hisob dastlab maydon egalari tomonidan ochilganiga qaramay, Rasul Rahmonovning golidan to`rt daqiqa o`tar-o`tmas Shahboz Erkinov hisobni tenglashtirgan bo`lsa, 60-daqiqada Ilhom Suyunov «Paxtakor»ga g`alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
 
9 iyul kuni O`zbekiston Kubogi chorak final o`yinlari doirasidagi yana bir o`yin bo`lib o`tadi. Unda Toshkentning «Bunyodkor» klubi Muborakning «Mash`al» jamoasini qabul qiladi. Shuningdek, shu kuni O`zbekiston Kubogi 1/8 final javob o`yinlari doirasida «Neftchi» – «Lokomotiv» (birinchi o`yin – 1:2) uchrashuvi bo`lib o`tadi. Juftlik g`olibi chorak finalda «Buxoro»ga qarshi bahs olib boradi.
 
O`zbekiston Kubogi, chorak final, dastlabki uchrashuvlar
8 iyul, yakshanba
«Metallurg» (Bekobod) – «Nasaf» (Qarshi) – 2:1. 3166 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), A. Rajabboev (Namangan), R. G`opurov (Namangan), A. Mo`minov (Toshkent viloyati).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: Sh. Nurmatov (6), R. Vagapov (42) – Sh. Mirxoldirshoev (19, s penalti).
Ogohlantirishlar: R. Vagapov (25), F. Ahmedov (50) – M. Kamolov (13).
 
«Andijon» (Andijon) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:2. 4821 tomoshabin.
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), D. Saidov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: R. Rahmonov (26) – Sh. Erkinov (30), I. Suyunov (60).
Ogohlantirishlar: R. Rahmonov (26), M. Hayitov (57) – I. Suyunov (24), O. Qilichev (47).
 
9 iyul, dushanba
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Mash`al» (Muborak)
 
O`zbekiston Kubogi, nimchorak final, javob o`yini
«Neftchi» (Farg`ona) – «Lokomotiv» (Toshkent)
Birinchi o`yin – 1:2
 
cola
apex
mib
mib
mib
mib