O`zbekiston Kubogi hamda O`zbekiston Birinchiligi o`yinlari muddatiga o`zgartirishlar kiritildi.
O`zbekiston Kubogi chorak final bosqichidan o`rin olgan «Andijon» hamda «Paxtakor» jamoalari o`rtasidagi dastlabki o`yin 9 iyuldan 8 iyulga ko`chirildi. Javob o`yini 29 iyul kuni o`tkaziladi.
Jizzaxdagi Markaziy stadionda ta`mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan, O`zbekiston Birinchiligi «G`arb» mintaqasi 21-turidan o`rin olgan «G`allakor-Avtomobilchi» - «Buxoro-2» o`yini 7 iyuldan 8 iyulga, 22-turdan o`rin olgan «So`g`diyona» – «Buxoro-2» o`yini 11 iyuldan 10 iyulga ko`chirildi.