«Andijon» hamda «Paxtakor» – O`zbekiston Kubogining ilk chorak finalchilari

04.07.2012

«Andijon» hamda «Paxtakor» – O`zbekiston Kubogining ilk chorak finalchilari

2012 yilgi O`zbekiston Kubogining dastlabki chorak finalchilari aniqlandi.

4 iyul, chorshanba kuni O`zbekiston Kubogi nimchorak finalidan o`rin olgan dastlabki javob o`yinlari bo`lib o`tdi. «Olmaliq» o`z maydonida «Andijon»ni qabul qilgan bo`lsa, Toshkentdagi «Jar» stadionida Namanganning «Navbahor» jamoasi «Paxtakor» mehmoni bo`ldi.

Olmaliqdagi o`yin 2:1 hisobida mezbonlar g`alabasi bilan yakuniga etganiga qaramay, O`zbekiston Kubogi chorak final yo`llanmasi andijonliklarga nasib etdi. Chunki Andijonda bo`lib o`tgan dastlabki o`yinda maydon egalari 3:1 hisobida g`alaba qozonishgan edi. Javob o`yinida hisobni birinchi bo`lib maydon egalari ochganiga qaramay (Aleksandr Vostrikov, 33-daqiqa), uchrashuvning 64-daqiqasida Bahrom Abdurahimov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. Uchrashuv yakunlanishiga 8 daqiqa qolganida «Olmaliq» futbolchisi Zafar To`raev tomonidan urilgan besamar g`alabaga asos bo`ldi.

Toshkentda «Paxtakor» hamda «Navbahor» o`rtasida bo`lib o`tgan bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. Uchrashuvning 16-daqiqasida toshkentliklarning gruziyalik yarim himoyachisi Kaxi Maxaradze hisobni ochgan bo`lsa, ikkinchi bo`limning 18-daqiqasida Sobir Hamidov o`rtadagi muvozanatni tikladi. Uchrashuv oxirigacha boshqa gol kiritilmadi. Durang natija esa «Paxtakor»ni chorak final yo`llanmasi egasiga aylantirdi. Chunki «Navbahor» maydonida bo`lib o`tgan dastlabki o`yinda «Paxtakor» 2:1 hisobida g`alaba qozongan edi.

O`zbekiston Kubogi chorak finalida «Andijon» endi «Paxtakor»ga qarshi bahs olib boradi. Ikki jamoa o`rtasidagi dastlabki o`yin 9 iyul kuni Andijonda bo`lib o`tsa, javob o`yini 29 iyul kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan.

O`zbekiston Kubogi nimchorak final javob o`yinlari doirasidan o`rin olgan qolgan bahslar 5 iyul, payshanba kuni o`tkaziladi. «Lokomotiv» hamda «Neftchi» jamoalari o`rtasidagi nimchorak final o`yinlarining dastlabkisi esa 5 iyul kuni bo`lib o`tsa, javob o`yini 9 iyul kuni bo`lib o`tadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib