3 iyul, seshanba kuni O`zbekiston Professional futbol ligasida mamlakat professional futbol klublari rahbarlari ishtirokida majlis bo`lib o`tdi.
Unda O`zPFL bosh direktori Farhod Magometov 2012 yilgi Oliy Liga bahslarining birinchi davrasi yakunlari bo`yicha hisobot qildi. Magometov majlisda, shuningdek, bu yilgi musobaqaning yutuq va kamchilik tomonlari haqida to`xtalib, mamlakatimizda futbolni rivojlantirish bo`yicha dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr bildirdi.
Yig`ilishda ko`rib chiqilgan yana muhim masala – klublarni litsenziyalashtirish hamda ularning OFK Chempionlar Ligasi talablariga muvofiq holda ish olib borishi bilan bog`liq bo`ldi.