Jizzaxdagi Markaziy stadionda ta`mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan, O`zbekiston Kubogi 1/8 final javob o`yinlari qatoridan o`rin olgan «So`g`diyona» – «Metallurg» o`yini Bekobodda bo`lib o`tadi.
«So`g`diyona» hamda «Metallurg» jamoalari o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi 1/8 final javob o`yini 5 iyul kuni Bekobod shahrida bo`lib o`tadi. Bekobod shahrida bo`lib o`tgan birinchi o`yinda «Metallurg» 3:1 hisobida g`alaba qozongan edi.
O`zbekiston Kubogi 1/8 final javob uchrashuvlari 4 va 5 iyul kunlari bo`lib o`tadi. Chorshanba kuni «Olmaliq» – «Andijon» hamda «Paxtakor» – «Navbahor» o`yinlari bo`lib o`tsa, payshanba kuni «Guliston» – «Nasaf», «Buxoro» – «Dinamo», «Sho`rtan» – «Bunyodkor», «Qizilqum» – «Mash`al» o`yinlari bo`lib o`tadi.