Oliy Liga. 13-tur. «Mash`al» g`alabasiz seriyaga chek qo`ydi

30.06.2012

Oliy Liga. 13-tur. «Mash`al» g`alabasiz seriyaga chek qo`ydi

Oliy Liga birinchi davraning so`nggi tur o`yinlari start oldi.

30 iyun kuni start olgan 13-tur o`yinlarini «Dinamo» – «Lokomotiv» hamda «Mash`al» – «Navbahor» o`yinlari bilan boshlandi. Samarqand klubi o`z maydonida toshkentlik temiryo`lchilarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo`lsa, «Mash`al» namanganliklarga qarshi o`yinda o`zining g`alabasiz seriyasiga barham berdi.

Toshkentning «Lokomotiv»klubi Oliy Liganing so`nggi ikki turidan beri faqat mag`lubiyatga uchrayotgan edi. 11-turida «Loko» safarda «Olmaliq»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo`lsa, 12-turda o`z maydonida «Qizilqum»ga xuddi shunday hisobda mag`lub bo`lgandi. Bu safar esa «Lokomotiv»ning legioner yarim himoyachisi – Maksim Kazankov tomonidan urilgan yagona gol jamoaga «Dinamo» ustidan g`alaba keltirdi. Ma`lumot o`rnida, «Dinamo» o`z maydonidagi so`nggi uchta o`yinning barchasida 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Avvaliga «Bunyodkor» Samarqanddan g`alaba bilan qaytgan bo`lsa, keyinroq Tachmurad Agamuradov qo`l ostiga o`tgan «Buxoro» ko`hna shaharda muvaffaqiyat qozongandi.

Turning eng e`tiborga molik voqeasi, shubhasiz, «Mash`al»ning g`alaba qozongani bo`ldi. O`zbekiston U-22 terma jamoasi a`zosi Eldor Ergashev hamda muborakliklarning legioner yarim himoyachisi Igor Petkovich tomonidan urilgan gollar «Navbahor»ni 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratish uchun etarli bo`ldi. «Mash`al» bungacha faqat 4-turda, «Olmaliq» ustidan g`alaba qozongan bo`lib, keyingi sakkizta o`yinda atigi bir ochko ishlagan edi, xolos. «Navbahor» ustidan qozonilgan g`alabadan so`ng «Mash`al» ochkolari sonini 11taga etkazib, bu borada 13-o`rinda borayotgan «Andijon» bilan tenglashib oldi.

Turning qolgan uchrashuvlari 1 iyul kuni bo`lib o`tadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib