Oliy Liga 13-tur o`yinlarida Oliy Liganing uch klubi jami olti nafar futbolchining xizmatidan foydalana olmaydi.
Sariq kartochkalari soni to`rttaga etgani munosabati bilan «Lokomotiv» yarim himoyachisi Dilshod Rahmatullaev, «Mash`al» yarim himoyachisi Mirzohid G`ofurov, «Navbahor» yarim himoyachisi Alisher Mahmudov, «Andijon» yarim himoyachisi Ibrohim Otaxonov, «Paxtakor» yarim himoyachisi Egor Krimets hamda «Bunyodkor» yarim himoyachisi Lutfulla To`raev Oliy Liga 13-tur o`yinlarini o`tkazib yuborishga majbur.
Eslatib o`tamiz, Oliy Liga 13-tur o`yinlari 30 iyun – 1 iyul kunlari bo`lib o`tadi. Shu bilan musobaqaning birinchi davra o`yinlari yakuniga etadi.
Oliy Liga 13-turida maydonga tusha olmaydigan futbolchilar
Dilshod Rahmatullaev («Lokomotiv»)
Mirzohid G`ofurov («Mash`al»)
Alisher Mahmudov («Navbahor»)
Ibrohim Otaxonov («Andijon»)
Egor Krimets («Paxtakor»)
Lutfulla To`raev («Bunyodkor»)