«Dinamo» PFK jarimaga tortildi

27.06.2012

«Dinamo» PFK jarimaga tortildi

O`zbekiston nohavaskor va yarim professional klublar o`rtasidagi musobaqalar Reglamenti (4-moddasi, 4.27-bandi)ni buzgani uchun «Dinamo» PFKga nisbatan jazo choralari ko`rildi.

«Olmaliq» hamda «Dinamo» jamoalari o`rtasidagi Yoshlar Birinchiligi 12-tur uchrashuvida (1:0) «Dinamo» futbolchilari, o`zlarining liboslari bo`lmagani uchun, «Olmaliq» jamoasi liboslarida harakat qilishgan. 

Musobaqalar Reglamentining 4-moddasi 4.27-bandi, Yoshlar Birinchiligi to`g`risidagi nizomning 7-moddasi 7.2-bandi, Tartib-intizom kodeksining 5-moddasi, 1-bo`limi, 5.22-bandi va 5-moddasi, 4-bo`lim, 5.52-bandiga asosan «Dinamo» PFK jarimaga tortildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib