2012 yilgi mavsumning birinchi davrasi yakuniga faqatgina 1ta tur qoldi. 26 iyun kuni esa jamoalar 12-turga yakun yasab berishdi.
Nafaqat turning, balki mavsumning eng markaziy o`yinlaridan biriga Toshkentdagi «Jar» stadioni mezbonlik qildi. O`ziga xos poytaxt derbisida «Bunyodkor» va «Paxtakor» futbolchilari o`zaro saf tortishdi. Bunga qadar har ikki klubning milliy chempionat doirasidagi o`zaro o`yinlarida «paxtakorchilar» biror marta ham muvaffaqiyat qozonishmagandi. «Qldirg`ochlar»ning g`alabasi bilan yakuniga etgan o`yinlarda ham ikkita gol farqi qayd etilmagan. Kecha Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi «Bunyodkor» 2:0 hisobida muvaffaqiyat qozonib, bu an`anaga chek qo`ydi. 52-daqiqada Shavkat Salomov mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo`lsa, 64-daqiqada Yan Kozak hisobni yana 1taga oshirdi. Mehmonlar tomonidan berilgan bir qator xafli zarbalarni O`zbekiston milliy terma jamoasining asosiy darvozaboni – Ignatiy Nesterov bartaraf etishga muvaffaq bo`ldi – 2:0.
Mazkur g`alaba natijasida amaldagi chempion ta`qibchilaridan 5 ochkoga ilgarilab ketdi.
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Paxtakor» (Toshkent) 2:0 (0:0)
Gollar: Shavkat Salomov (52), Yan Kozak (64)
Hakamlar: R.Ermatov (Toshkent), A.Rasulov (Toshkent), R.Serazitdinov (Toshkent), Sh.Qosimov (Toshkent).
«Bunyodkor»: Ignatiy Nesterov, Sahob Jo`raev, Xayrulla Karimov, Artem Filiposyan, Akmal Shorahmedov, Lutfulla To`raev, Yan Kozak (Ruslan Melziddinov 81), Javlon Ibrohimov, Shavkat Salomov (Bahodir Pardaev 88), Viktor Karpenko, Anvarjon Soliev.
«Paxtakor»: Temur Jo`raev, Ilhom Suyunov, Egor Krimets, Akbar Ismatullaev (Abbos Maxstaliev 68), Aleksey Nikolaev, Dilshod Sharofetdinov (Irakli Klimiashvili 44), Kaxi Maxaradze, Vladimir Kozak, Stanislav Andreev, Oybek Qilichev, Shaxboz Erkinov (Temurxo`ja Abduxoliqov 46).
Ogohlantirishlar: Lutfulla To`raev (90) — Egor Krimets (78), Oybek Qilichev 84.
Nazoratchi: A.Abdullaev (Toshkent).
«Paxtakor»ning ochko yo`qotishidan Qarshining «Nasaf» klubi unumli foydalanib, ochkolar farqini oshirib olishi mumkin edi. Biroq «Buxoro» klubi mehmoni bo`lgan qarshiliklar minimal hisobda imkoniyatni boy berishdi. Bir vaqtlar Buxoroda faoliyat olib borgan Usmon Toshev, tajribali Tajmurod Agamurodov jamoasi qarshiligini sindira olmadi.
Qayd etish kerak, «Nasaf»ning amaldagi bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev Oliy liga o`yinlari doirasida birorta ham o`yinni boy bermay, turnir jadvalida karvonboshilik qilayotgandi. Usmon Toshev boshqaruvida esa qarshilik futbolchilar 3ta o`yinning 2tasini boy berib ulgurishdi. «Buxoro»ga qarshi tashkil etilgan uchrashuvning 53-daqiqasida Vohid Shodiev tomonidan kiritilgan yagona gol mezbonlarga uch ochko taqdim etdi. Bu Agamurodov boshqaruvida buxoroliklarning ketma-ket ikkinchi g`alabasi ekanini aytish o`rinli.
«Buxoro» (Buxoro) – «Nasaf» (Qarshi) 1:0 (0:0)
Gol: Vohid Shodiev (53)
Hakamlar: R.Bobomurodov (Navoiy), H.Mirzaahmedov (Toshkent vil.), A.Snetkov (Toshkent vil.), S.Ivlev (Navoiy).
«Buxoro»: Yuriy Tsoy, Bobirjon Omonov, Giorgi Kvesieshvili, Azizbek Muratov, Jasur Hasanov, Oleksandr Tarasenko (Shavkat Abbosov 90), Vohid Shodiev, Otabek Narzullaev, Shaxzod Suleymanov, Mixail Kakaladze, Asqar Muhiddinov.
«Nasaf»: Murodjon Zuhurov, Shavkat Rayimqulov (Kenja To`raev), Maqsud Karimov, Botir Qoraev, Artur Gevorkyan, Fozil Musaev, Ivan Boshkovich, Erkin Boydullaev, Ilhom Yunusov, Shuhratbek Mirholdirshoev (Ilhom Shomurodov), Boyan Malishich.
Ogohlantirishlar: Jasur Hasanov (60).
Nazoratchi: G`.Karimov (Toshkent).
Kunning so`nggi o`yinida «Metallurg» va «Neftchi» klublari 1tadan ochko bo`lishib olishdi. Bekoboddagi o`yinning 18-daqiqasida Rustam Mirsodiqov shogirdlari hisobda oldinga chiqib olgan bo`lishsa, 42-daqiqada farg`onaliklarning to`purar hujumchisi Anvar Berdiev muvozanatni tiklashga muvaffaq bo`ldi.
«Metallurg» (Bekobod) – «Neftchi» (Farg`ona) 1:1 (1:1)
Gollar: Sh.Nurmatov (18) — Anvar Berdiev 42
Hakamlar: O.Tolibjonov (Toshkent), M.Sharipov (Buxoro), A.Qo`ldoshev (Buxoro), D.Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: R.Mo`minov (Toshkent).