25 iyun kuni Oliy liga 12-turidan joy olgan 4ta uchrashuvga yakun yasaldi.
Poytaxtda «Qizilqum»ni qabul qilgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bunga qadar «temiryo`lchilar» faqatgina 2-turda o`z maydonlarida mag`lub bo`lishgandi. O`z maydonidagi o`yinlarda 1tadan ortiq gol ura olmayotgan «Lokomotiv» Ravshan Haydarov boshqaruvidagi «Qizilqum» bilan o`yinda ham bu holatga chek qo`ya olmadi. Hakam hushtagi chalinishiga sanoqli daqiqalar qolgandagina San`at Shixov zarafshonlik futbolchilarga g`alaba tortiq qilgan gol muallifiga aylandi. Mazkur g`alaba «Qizilqum»ni turnir jadvalida 6-o`ringa olib chiqdi.
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 0:1. 1621 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent vil.), R. Shayaxmetov (Toshkent), Sh. Bozorov (Namangan).
Inspektor: A. Popov (Toshkent).
Gol: S. Shixov (90+1).
Ogohlantirishlar: R. Xachatryan (33), D. Rahmatullaev (70), E. Jahonov (90+3) – G`. O`runov (33), Sh. Jo`raev (62), E. Jabborov (74).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Inomov – E. Jabborov.
G`uzorda bo`lib o`tgan Qashqadaryo derbisida «Sho`rtan» «Mash`al»ni minimal hisobda taslim qildi va turnir jadvalida 4-o`ringa ko`tarilib oldi. Uchrashuvdagi yagona gol 45-daqiqada penaltidan kiritildi. Qayd etish kerak, Vladimir Fomichev murabbiyligidagi Muborak klubi 8ta o`yindan beri raqiblar darvozasiga gol ura olmayapti. Natijada klub 8 ochko bilan turnir jadvalining so`nggi pag`onasini egallab turibdi.
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Mash`al» (Muborak) – 1:0. 6211 tomoshabin.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), V. Najafaliev (Toshkent).
Inspektor: I. Nexochin (Namangan).
Gol: I. Taran (45-pen).
Ogohlantirishlar: B. Qodirqulov (33), A. Merzlyakov (37) – A. Shodmonov (22), I. Fomichev (42), M. G`ofurov (77).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Taran – M. G`ofurov.
Namanganda kechgan vodiy derbisida ham birgina gol o`yin taqdirini hal qildi. «Andijon»ga qarshi o`yinda Alisher Mahmudovning 57-daqiqada kiritgan yagona goli «Navbahor»ga g`alaba keltirdi. 73-daqiqada Alisher Mahmudov o`z dublini nishonlashi mumkin edi. Biroq u penaltini aniq amalga oshira olmadi.
«Navbaxor» (Namangan) – «Andijon» (Andijon) – 1:0. 4623 muxlis.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), M. Muhamedov (Toshkent vil.).
Inspektor: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gol: A. Mahmudov (57).
Ogohlantirishlar: A. Mahmudov (66), S. Hamidov (68), A. Ahmedov (84) – I. Ibragimov (24), B. G`oziev (40), I. Otaxonov (84).
Chetlatish: S. Hamidov (ikkinchi ogohlantirish, 80).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Romanenko – L. Soliev.
Samarqadning «Dinamo» klubi hozirga qadar Olmaliqqa chempionat doirasida to`rt bor tashrif buyurib, 3ta durang va 1ta mag`lubiyatga imzo chekkandi. 12-tur doirasidagi o`yin bu borada «Dinamo»ning Olmaliqdagi ilk g`alabasi bo`ldi. Ivan Nagaev tomonidan tezkor gol kiritilgan bo`lsa, Ro`zim Ahmedov 30-daqiqada samarqandliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo`limda Zohir Pirimov tomonidan kiritilgan gol hisobni qisqartirish uchun xizmat qildi.
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Dinamo» (Samarqand) – 1:2. 2703 tomoshabin.
Hakamlar: X. Ro`ziev (Toshkent), T. Abdullaev (Toshkent), O. Dachev (Toshkent), T. To`xtasinov (Andijon).
Inspektor: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: Z. Pirimov (62) – I. Nagaev (4), R. Ahmedov (30).
Ogohlantirishlar: A. Vostrikov (16), B. Yo`ldoshev (83) – S. Mamadaliev (48), S. Mustafoev (56), A. Melnichuk (90+3).
Chetlatish: S. Mamadaliev (ikkinchi ogohlantirish, 77).
Eng yaxshi o`yinchilar: Z. Pirimov – A. Melnichuk.