Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Oliy liga
«Neftchi» klubi vakili Iqbol Akromov «Navbahor»ga qarshi o`yinda raqib murabbiyi sha`niga nomaqbul gaplar aytgani uchun 1ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Xuddi shunday, «Navbahor» klubi murabbiyi Aleksandr Klimenko «Neftchi»ga qarshi o`yinda raqib futbolchisi tomon nomaqbul gaplar aytgani uchun 1ta o`yindan chetlatildi va jarimaga tortildi.
«Sho`rtan» klubi yarim himoyachisi Botir Qodirqulov 10-turdan joy olgan «Paxtakor»ga qarshi o`yinda raqib futbolchisiga to`p yo`q joyda boshi bilan zarba bergani uchun 1ta o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
Xuddi shu o`yinda qizil kartochka olib maydonni tark etgan «Paxtakor» vakili Irakli Klimiashvili gavdasi bilan to`p yo`q joyda raqibni turtgani uchun 1ta o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
«Sho`rtan» klubi bosh murabbiyi Igor Kriushenko 11-turdan joy olgan «Andijon»ga qarshi o`yinda zahira hakamiga o`z noroziligini suv to`la idishni tepish orqali bildirgani uchun qiziq kartochkaga loyiq ko`rilgandi. Endi Kriushenko 1ta o`yinda diskvalifikatsiya qilinib, jarima to`laydi.
Birinchi liga
«Zomin» klubi himoyachisi Doniyor Qoraboev 18-turdan joy olgan «NBU-Osiyo»ga qarshi o`yinda to`p uchun kurashda raqib futbolchisining oyog`iga haddan tashqari kuchli zarba bergani uchun 2ta o`yinga chetlatildi.
«Guliston» klubining «Paxtakor-2-Chilonzor»ga qarshi 18-turdan joy olgan o`yinida raqibini qo`li bilan urgan va qizil kartochka olgan futbolchisi Baxtiyor Umarov 3ta o`yinga chetlatildi.