Birinchi liga sharqiy mintaqada ishtirok etayotgan Marg`ilonning «Atlaschi» futbol klubi PFL tartib-intizom qo`mitasi qaroriga ko`ra texnik mag`lubiyat qabul qilib oldi.
Birinchi liga 17-turidan joy olgan «Zomin» va «Atlaschi» klublari o`rtasidagi o`yinda mezbonlarning qo`li 3:2 hisobida baland kelgandi. Biroq shu kuni «Atlaschi» safida harakat qilgan U.Hoshimovning hisobida 4ta sariq kartochka bor edi va PFL reglamentiga ko`ra u «Zomin»ga qarshi o`yinni qo`yib yuborishi kerak edi. Shu sababli reglamentning 4-bob 4.26-bandiga binoan «Atlaschi»ga texnik mag`lubiyat yozildi. Uchrashuvdagi gollar bekor qilinib, ogohlantirish va chetlatishlar o`z kuchida qoladi.
Shuningdek, reglamentning 5-bob 5.22-bandiga asosan «Atlaschi» jarimaga tortiladi. Futbolchi U.Hoshimov esa bo`lajak o`yinda maydonga tushmaydi.