Oliy liga 11-turida turnir jadvalini boshqarib turgan uch klub navbatdagi g`alabalarni qo`lga kiritdi.
Toshkentning «Paxtakor» klubini Deyan Jurjevichdan keyin qabul qilib olgan Murod Ismoilov, ketma-ket ikki o`yin davom etgan mag`lubiyatga seriyaga chek qo`ya oldi. O`yindan keyingi matbuot anjumanida mutaxassis so`nggi daqiqalarda qo`yib yuborilgan gol uning ko`nglini biroz hijil qilganini aytib o`tdi:
«O`yin oson bo`lmadi. Muhimi g`alaba qozondik. Lekin so`nggi daqiqada gol o`tkazib yuborganimiz g`alati bo`ldi».
O`z navbatida Murod Ismoilov jamoaning hujum chizig`ini kuchaytirish kerakligini ta`kidlab o`tdi:
«Jurjevich jamoada o`z uslubini shakllantirishga harakat qildi. Biroq biz kurashga shay bo`lgan jiddiy jamoani shakllantirishni reja qilganmiz. Bugun ayrim futbolchilar jarohat sabab, qolganlari o`yinga tayyor emasliklari vajidan bizga yordam bera olishmadi. Menga qolsa jamoaning hujum chizig`ini sezilarli darajada kuchaytirish kerak».
«Biz navbatdagi turda «Bunyodkor»ga qarshi kurash olib boramiz. Bu o`yinning ahamiyatini ortiqcha izohlash shart emas. Bu yo`lda futbolchilarga ortiqcha bosim bermagan holda, raqibga qarshi alohida tayyorgarlik ko`ramiz. Zero bu kabi o`yinlarda ruhiy ustunlik katta rol o`ynaydi», - deydi Murod Ismoilov.
Namanganning «Navbahor» klubi O`zbekiston Kubogi nim chorak finalida ham «Paxtakor»dan kichik hisobda taslim bo`lgandi. Bu safar ham klubning kuchli Toshkent etakchisiga kamlik qildi. O`yin haqida fikr bildirar ekan mehmonlar murabbiyi quyidagi fikrlarni bildirib o`tdi:
«Biz kamida durang natijani ko`zlagandik. Sababi bu o`yinga jiddiy tayyorgarlik ko`rdik. Biroq bu «Paxtakor» va natijani to`g`ri tushunish lozim.
Jamoada o`zgarishlar bo`lishi mumkinligi borasidagi savolga Mustafo Bayramov aniq javob qaytara olmadi. Ayni paytda mutaxassis «Andijon» bilan bo`lib o`tadigan bo`lajak o`yin haqida qayg`urayotganini yashirmadi.
Farg`onada bo`lib o`tgan «Neftchi» va «Bunyodkor» klublari o`rtasidagi to`qnashuv so`zsiz markaziy o`yin maqomida edi. Yuriy Sarkisyan shogirdlari mavsum boshidan beri Farg`onada mag`lubiyat alamini totib ko`rishmagandi. Kecha bu an`anaga chek qo`yildi va Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi «Bunyodkor» safardan 3 ochko bilan qaytdi.
Mazkur sabablar bir bo`lib mezbonlar bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyan o`yindan keyingi matbuot anjumaniga tashrif buyurishni o`ziga ep bilmadi. Qiyin g`alabaga erishgan mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov uchrashuvdan keyin quyidagicha fikr bildirdi:
«U OFK Kubogi ishtirokchisimi yoki boshqa klub – Farg`onadagi o`yinlar hech bir jamoa uchun oson bo`lmaydi. Agar «Neftchi»da potentsial bo`lmaganida edi, klub safarda «Nasaf»ni, o`z maydonida «Paxtakor»ni mahf eta olmasdi. Jamoaning ajoyib murabbiyi va bir hil darajadagi kuchli futbolchilari bor. Shu sababli mehmonlar safidan qaysidir futbolchini ajratib ko`rsatishni istamayman».
Qarshida bo`lib o`tgan «Nasaf» va «Metallurg» klublari to`qnashuvida bekobodlik futbolchilar qanchalik harakat qilishmasin, tajribali raqib safida Artur Gevorkyanning yagona goli mezbonlarga 3 ochko taqdim etdi. Usmon Toshev shogirdlari deyarli 1 soat davomida raqib darvozasiga yo`l topa olishmadi.
Bunga qadar jamoa menejeri sifatida faoliyat olib borgan Usmon Toshev matbuot anjumaniga tashrif buyurmadi. Mehmonlar ustozi Rustam Mirsodiqov esa jamoasining o`yini ancha shakllanganini besh yildan biri bir hil futbolchilar to`p surayotgani bilan izohladi:
«O`ylashimcha futbolimiz ancha kuchaygan. Raqib kim bo`lishidan qat`iy nazar, agar «Nasaf» bo`lsa ham g`alaba bilan kafolatlanmagan. Bizning tarkib besh yildan beri shakllanib kelmoqda. Demak jamoaviy o`yinimiz bor».