11-tur yakunlandi. Uchta liderning barchasi kichik g`alabalarni qo`lga kiritdi

21.06.2012

11-tur yakunlandi. Uchta liderning barchasi kichik g`alabalarni qo`lga kiritdi

Toshkentning «Paxtakor» klubi 11-turdan keyin ochkolari sonini 21taga etkazib oldi. Poytaxtdagi «Jar» stadionida «Navbahor»ni qabul qilgan Murod Ismoilov shogirdlari mazkur mutaxassis boshqaruvidagi ilk o`yinda ilk g`alabani tantana qilishdi – 2:1. Eslatish o`rinliki, mamlakat Kubogining Namanganda bo`lib o`tgan dastlabki nim chorak final bellashuvida ham «paxtakorchilar» muvaffaqiyat qozonishgandi.

Namangan klubi «Paxtakor»ga qarshi Toshkentda kechgan o`yinlarda deyarli hech narsa qila olmagan. 1995 yil 2:1 hisobidagi g`alaba bilan qaytgan «Navbahor», oradan ikki yil o`tib mezbonlarni 2 ochkodan mahrum qilgan. O`tgan 15 yil davomida bu esa faqat mag`lubiyat alami totib ko`rilgan. Bugungi o`yinda ham mazkur hunuk an`ana davom etdi.

«Paxtakor» – «Navbahor» 2:1 (1:0)
Gollar: Vladimir Kozak (13), Kaxi Maxaradze (76-pen) —Ilhom Boydedaev (89).
Hakamlar: Z.Qodirov (Navoiy), B.Qodirov (Buxoro), X.Shodmonov (Buxoro), O.To`ychiboev (Farg`ona).
«Paxtakor»: Temur Jo`raev, Egor Krimets (Igor Sergeev, 82), Akbar Ismatullaev, Kaxi Maxaradze, Shaxboz Erkinov (Alisher Azizov, 62), Dilshod Sharofetdinov, Ilhom Suyunov, Stanislav Andreev, Vladimir Kozak, Aleksey Nikolaev, Oybek Qilichev (Abbosbek Maxstaliev, 68).
«Navbahor»: Denis Romanenko, Qahramon Mahammadjonov, Vladimir Chekunov, Jahongir Mehmonov, Abdulaziz Sultonov (Durbek Umaraliev, 88), Sanjar Asqaraliev (Azimjon Ahmedov, 60), Temur Sultonov, Ilhom Boydedaev, G`ayrat Jo`raev (Abdumalik Abdullaev, 54), Sobir Hamidov, Vitaliy Pochuev.
Ogohlantirishlar: Ilhom Suyunov (35) — Vitaliy Pochuev (25).
Chetlatish: Temur Sultonov (76)
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).

11-turning markaziy o`yini «Neftchi» va «Bunyodkor» klublari o`rtasida Farg`onada tashkil etildi. Mazkur turga qadar dastlabki uch o`rinda borayotgan «Nasaf» va «Paxtakor»ni mahf eta olgan Yuriy Sarksiyan shogirdlari, amaldagi chempion oldida bu safar ham ojiz qolishdi. Farg`onalik futbolchilar «qaldirg`ochlar»ni Farg`onada 6 bor qabul qilgan bo`lishsa, shularning 5tasida imkoniyatni boy berishgan. 2008 yilgi yagona bo`lib turgan g`alabani inobatga olmaganda, mana to`rt yildirki Sarkisyan jamoasi o`z maydonida «Bunyodkor»ni mag`lub eta olmayapti. Mazkur g`alabadan keyin Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi «Bunyodkor» ochkolar sonini 24taga etkazib, 11-turdan keyin eng ko`p gol ura olgan jamoa sifatida Oliy liga turnir jadvalini boshqarib turishibdi.

«Neftchi» – «Bunyodkor» 1:2 (0:1)
Gollar: Anvar Berdiev (47) —Lutfulla To`raev (35), Javlon Ibrohimov (61).
Hakamlar: M.Ismailov (Toshkent), F.Xasanov (Namangan), B.Norsafarov (Qarshi), Sh.Hakimov (Andijon).
«Neftchi»: 21.Farrux Turdaliev, 3.Shukur Po`latov, 4.Oybek Nurboev (2.Faxriddin Xolmurodov, 90), 6.Baxtiyor Yoqubov, 7.Mansur Saidov, 10.Anvar Berdiev, 19.Sherzod Hakimov, 27.G`ayrat Jo`raev (23.Muhsin Nizomiddinov, 70), 28.Dilyorbek Ermatov, 29.Javoxir Rasulov, 34.Shavkat Nasibullaev.
«Bunyodkor»: 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Shorahmedov, 6.Anvar G`ofurov, 8.Javlon Ibroximov, 9.Shavkat Salomov (28.Ruslan Melziddinov, 74), 13.Lutfulla To`raev, 18.Slavolyub Jorjevich, 20.Anvarjon Soliev (17.Kamoliddin Murzoev, 90+2), 22.Viktor Karpenko, 23.Sahob Jo`raev, 33.Yan Kozak.
Ogohlantirishlar: Shavkat Salomov (74).
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).

Bekobodning «Metallurg» klubi so`nggi besh mavsumdan beri Qarshidan quruq qo`l bilan qaytadi. So`nggi to`rt yildan beri esa safardagi o`zaro o`yinda gol ura olmaydi. Bu hunuk an`analar bu safar ham davom etdi. Artur Gevorkyanning 63-daqiqada kiritgan yagona goli «Nasaf» qiyin g`alaba va 3 ochko taqdim etdi. Shu o`rinda bekobodlik futbolchilar tajribali raqibga etarli qarshilik ko`rsatganliklarini aytish o`rinli.

«Nasaf» – «Metallurg» 1:0 (0:0)
Gol: Artur Gevorkyan (63).
Hakamlar: B.Tog`aev (Toshkent), E.Zakutilin (Navoiy), T.Gaynulin (Toshkent), A.Mo`minov (Toshkent vil.).
«Nasaf»: Murodjon Zuxurov, Maqsud Karimov, Botir Qoraev, Andreys Pereplyotkins, Alisher Yusupov (Ilhom Yunusov, 46), Artur Gevorkyan, Fozil Musaev, Ivan Boshkovich (Kenja To`raev, 63), Erkin Boydullaev, Shuxrat Mirxoldirshoev, Boyan Malishich.
«Metallurg»: Andrey Sirotyuk, Odil Isaboev, Saidkomil Akbarov, Hikmat Hoshimov, Doniyor Odilov (Alisher Ziyovuddinov, 88), Shaxzodbek Nurmatov, Fayzulla Ahmedov, Davron Karimqulov, Zoxid Abdullaev, Ruslan Vagapov, Sardor Rasulov (Boyan Kalevich, 60).
Ogohlantirishlar: Boyan Malishich (23) — Zoxid Abdullaev (75).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).

cola
apex
mib
mib
mib
mib