Oliy Liga, 11-tur: Mehmonlar uchun omadli start olgan tur

20.06.2012

Oliy Liga, 11-tur: Mehmonlar uchun omadli start olgan tur

O`zbekiston Oliy Ligasida 11-tur uchrashuvlari start oldi.

20 iyun kuni O`zbekiston Oliy Ligasida 20-tur uchrashuvlari start oldi. Tur doirasida “Olmaliq” – “Lokomotiv”, “Dinamo” – “Buxoro”, “Andijon” – “Sho`rtan” va “Mash`al” – “Qizilqum” o`yinlari chorshanba kuni bo`lib o`tdi. Dastlabki kungi o`yinlarda “Olmaliq”dan boshqa barcha mezbonlar imkoniyatni boy berishdi.

Xavfli zonada borayotgan jamoalar – “Qizilqum” hamda “Buxoro” jamoalari muhim g`alabalarni qo`lga kiritishdi. “Qizilqum” Muborakda “Mash`al” mehmoni bo`lib, Sherali Jo`raev hamda Feruz Boboqulovning gollari evaziga mavsumdagi uchinchi g`alabasini tantana qildi. 10-turda o`z maydonida “Paxtakor”ni mag`lubiyatga uchratgan Igor Kruishenko qo`l ostidagi “Sho`rtan” esa bu safar “Andijon” uyidan g`alaba bilan qaytishga muvaffaq bo`ldi.

Turning kutilmagan natijalaridan biri Samarqandda qayd etildi. O`z maydonida “Buxoro”ni qabul qilgan “Dinamo” hakam tomonidan o`yinning asosiy vaqtiga qo`shib berilgan beshinchi daqiqada mag`lubiyatni tan olishga majbur bo`ldi. Ushbu g`alabadan so`ng “Buxoro” so`nggi o`rindan bir pog`ona yuqorilashga muvaffaq bo`ldi. Ta`kidlash joiz, bu “Buxoro”ning Tachmurod Agamurodov jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyingi ilk g`alabasi hisoblanadi.

O`z maydonida “Lokomotiv”ni mag`lubiyatga uchratgan “Olmaliq” esa, “Paxtakor”ni ortda qoldirib, musobaqa jadvalida uchinchi o`ringa ko`tarilib olishga muvaffaq bo`ldi. Jamoa ayni vaqtda “Nasaf” bilan bir xil – 19 ochko to`plagan hamda musobaqa peshqadami – “Bunyodkor”dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.

Turning navbatdagi o`yinlari 21 iyun, payshanba kuni bo`lib o`tadi. Shu kuni “Neftchi” “Bunyodkor”ni, “Paxtakor”ni “Navbahor”ni, “Nasaf” esa “Metallurg”ni qabul qiladi. Ta`kidlash joiz, Farg`onadagi o`yin alohida e`tiborga molik: farg`onaliklar 2012 yilgi mavsumning birinchi yarmida 2011 yilgi mavsumning ikki sovrindori – O`zbekiston Kubogi sohibi “Paxtakor” hamda O`zbekiston vitse-chempioni “Nasaf”ni mag`lubiyatga uchratishga muvaffaq bo`lgandi.

Oliy Liga, 11-tur uchrashuvlari
20 iyun, chorshanba
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:0. 4275 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), A. Mironov (Toshkent), D. Pislegin (Toshkent).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gol: D. Stanoevich (20).
Ogohlantirishlar: M. Murodov (50), S. Berdiev (78) – B. Yuldashev (40), D. Rahmatullaev (43), S. Abdullaev (51), S. Usmonxo`jaev(82).
Chetlatish: B. Yuldashev (ikkinchi ogohlantirish, 62).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Stanoevich - S. Usmonxo`jaev.

«Dinamo» (Samarqand) – «Buxoro» (Buxoro) – 0:1. 7501 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Choriev (Termiz).
Nazoratchi:
F. Abdullaev (Toshkent).
Gol: O. Narzullaev (90+5).
Ogohlantirishlar: L. Koshelev (25), S. Mustafoev (85) – O. Narzullaev (12), A. Murotov (64), B. Omonov (76), A. Tarasenko (90+5).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Melnichuk – Jasur Hasanov.

«Andijon» (Andijon) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 1:2. 8825 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), N. Toshmatov (Farg`ona), R. Tolibjonov (Farg`ona).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: L. Soliev (45) – I. Ibrohimov (2, avtogol), A. Omonov (7).
Ogohlantirishlar: R. Rahmonov (90+3) – Adamo Soro (4), O. Valijonov (18), H. Karimov (89), P. Agbo (90+4).
Eng yaxshi o`yinchilar: L. Soliev – M. Naumov.

«Mash`al» (Muborak) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 0:2. 1012 tomoshabin.
Hakamlar:
S. Zaylobidinov (Farg`ona), R. Serazetdinov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), I. Ibragimov (Nukus).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: Sh. Jo`raev (63), F. Boboqulov (90+2).
Ogohlantirishlar: A. Haydarov (32), T. Dadashev (ikkisi ham - «Mash`al», 90+2).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Shodmonov – Sh. Jo`raev.

cola
apex
mib
mib
mib
mib