Toshkentning «Paxtakor» klubi joriy mavsum hisobidan ikkinchi bor 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qiziq tomoni, bu «paxtakorchilar»ning aynan ikkinchi ketma-ket mag`lubiyati edi.
11 iyun kuni Farg`onada «Neftchi»dan engilgan Deyan Jurjevich shogirdlari, bu safar «Sho`rtan» qarshiligini G`uzorda sindira olishmadi. Bellashuvning 9-daqiqasida Igor Taran mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo`lsa, besh daqiqadan keyin Abbos Mahsitaliev muvozanatni tiklashga muvaffaq bo`ldi. Meksika qahramonlaridan birining goli shu kuni mehmonlar uchun yagona bo`lib qolgan ersa, Igor Kriushenko shogirdlari yana ikki bor zafar quchishdi. 45-daqiqada Botir Qodirqulov o`z nomini tabloga yozdirdi. O`yinda mantiqiy yakun yasash 87-daqiqada Laziz Ubaydullaevga nasib qildi.
«Sho`rtan» - «Paxtakor» 3:1
Gollar: Igor Taran (9), Botir Qodirqulov (45), Laziz Ubaydullaev (88) — Abbos Mahstaliev (14).
Kunning ikkinchi o`yini Namangandagi vodiy derbisi bo`lib, chempionlik uchun asosiy da`vogar bo`lgan ikki klubni ketma-ket mag`lub etgan «Neftchi» - «Navbahor» qarshiligini sindira olmadi. G`ayrat Jo`raevning 75-daqiqada kiritgan yagona goli Namangan klubiga 3 ochko taqdim etdi. Qayd etish kerak, Yuriy Sarkisyan jamoasi bunga qadar «Nasaf», «Paxtakor» kabi klublarni mahf eta olgandi. Shu tariqa «Neftchi» 3-o`ringa ko`tarilib olish imkonini qo`ldan boy berdi.
«Navbahor» - «Neftchi» 1:0
Gol: G`ayrat Jo`raev (75).
10-turning eng markaziy o`yini Toshkentdagi «Jar» stadionida - «Bunyodkor» va «Nasaf» klublari o`rtasida bo`lib o`tdi va mazkur bellashuvda hisob ochilmadi – 0:0. Yangi bosh murabbiy – Usmon Toshev boshqaruvida ilk safar o`yinini o`tkazgan Qarshi klubi shu tariqa durang natijaga imzo chekdi. Qayd etish kerak, «Nasaf» mavsumdagi ilk mag`lubiyatni ham aynan Usmon Toshev boshqaruvida «Neftchi»dan qabul qilib olgan. Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi «Bunyodkor» 4ta o`yindan beri faqat g`alaba qozonayotgandi. «Qaldirg`ochlar»ni 10-turda qarshilik futbolchilar to`xtatishga muvaffaq bo`lishdi.
Biroq Toshkent klubi mana to`rtinchi o`yindirki, o`z darvozasi dahlsizligini saqlab kelmoqda. So`nggi marta 22 aprel kuni Dilshod Rahmatullaev «Lokomotiv» safida Nesterov darvozasiga yo`l topa olgandi.
«Bunyodkor» - «Nasaf» 0:0.