Oliy Liga 5-tur qoldirilgan uchrashuvi bo`lib o`tdi.
11 iyun, dushanba kuni Farg`ona shahrida Oliy Liga 5-turning qoldirilgan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda «Neftchi» Toshkentning «Paxtakor» klubini qabul qildi. O`yin 3:1 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo`ldi.
Uchrashuvda hisob, dastlab, ikkinchi bo`lim boshida «Paxtakor» qanot himoyachisi Davron Hoshimov tomonidan ochildi, biroq bundan keyin faqat «Neftchi» futbolchilari gol urishdi. 57-daqiqada Shavkat Nasibullaev, 67-daqiqada Mansur Saidov va 83-daqiqada Anvar Berdiev tomonidan urilgan gollar «Neftchi» mavsumdagi to`rtinchi g`alabani tuhfa etdi.
Ushbu g`alabadan so`ng «Neftchi» to`rtinchi o`ringa ko`tarilib olgan bo`lsa, mavsumdagi birinchi mag`lubiyatini tan olishga majbur bo`lgan «Paxtakor» peshqadam bo`lib olish imkoniyatini qo`ldan boy berdi.
Oliy Liga, 5-tur qoldirilgan uchrashuvi
11 iyun, dushanba
«Neftchi» (Farg`ona) – «Paxtakor» (Toshkent) – 3:1 (0:0)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: Sh. Nasibullaev (57), M. Saidov (66), A. Berdiev (82) – D. Hoshimov (46).
Ogohlantirishlar: M. Saidov (66), A. Berdiev (82), Sh. Pulatov (90+2) – I. Klimiashvili (57), S. Andreev (76), E. Krimets (87).
13058 tomoshabin.
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Saidov – D. Xoshimov.