O`zbekiston Kubogi nimchorak final dastlabki uchrashuvida «Bunyodkor» «Sho`rtan» darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi.
11 iyun, dushanba kuni O`zbekiston Kubogi nimchorak final dastlabki o`yinlari doirasida «Bunyodkor» va «Sho`rtan» jamoalari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. O`yin 2:0 hisobida toshkentliklar g`alabasi bilan yakuniga etdi.
«Bunyodkor»ning har ikkala gol Yan Kozak hisobiga yozildi. Dastlab, slovakiyalik futbolchi birinchi bo`lim yakunlanishi arafasida burchak to`pidan so`ng bosh bilan «Sho`rtan» darvozasini ishg`ol qilgan bo`lsa, o`yin yakunlanishiga 10 daqiqa vaqt qolganida, Lutfulla To`raevning pasidan so`ng hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.
Javob uchrashuvi 5 iyul kuni G`uzor shahrida bo`lib o`tadi.
O`zbekiston Kubogi, 1/8 final, dastlabki uchrashuv
11 iyun, dushanba
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 2:0 (1:0)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Serazetdinov (Toshkent), T. Abdullaev (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: Ya. Kozak (45, 81).
Ogohlantirishlar: R. Berdimurodov (23), V. Klishin (27), V. Ponamaryov (barchasi - «Sho`rtan», 81).
3702 tomoshabin.