Yoshlar Birinchiligida «Neftchi» «Paxtakor» ustidan g`alaba qozondi.
10 iyun, yakshanba kuni Yoshlar Birinchiligida 5-turning qoldirilgan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda Farg`onaning «Neftchi» klubi Toshkentning «Paxtakor» jamoasi yoshlari ustidan 3:2 hisobida g`alaba qozondi.
Har ikkala jamoaning asosiy tarkiblari o`rtasidagi Oliy Liga uchrashuvi 11 iyun, dushanba kuni bo`lib o`tadi.
Yoshlar Birinchiligi, 5-turning qoldirilgan uchrashuvi
10 iyun, yakshanba
«Neftchi» - «Paxtakor» - 3:2 (1:2)
Hakamlar: A. Rahimov, D. Hakimov, Sh. Matisaev, D. Qosimov.
Nazoratchi: A. Arutyunov.
Gollar: O. Zokirov (27), N. Xaipov (63), D. Rasulov (74) – M. Xolmuhamedov (44), F. Shotursunov (45+1).
Ogohlantirishlar: J. Guseynov (76), M. Mamasoliev (90) – T. Shomurodov (47), A. Kletskov (87), M. Xolmuhamedov (o`yindan keyin).