«Neftchi» - «Paxtakor». PREVYu

11.06.2012

«Neftchi» - «Paxtakor». PREVYu

Bugun – 11 iyun kuni Farg`onada o`ziga xos titanlar to`qnashuvi bo`lib o`tadi. Oliy liga 5-turidan joy olgan kechiktirilgan o`yinda Toshkent «paxtakorchilar»i Yuriy Sarkisyan boshqaruvidagi «Neftchi» mehmoni bo`lishadi.

O`zbekiston milliy chempionati start olgan 1992 yildan beri 1ta klubni uzluksiz boshqarib kelayotgan yagona mutaxassis – Yuriy Sarkisyan uchun mazkur o`yin ahamiyati ancha katta. Hozirga qadar Vazgenovich boshqaruvidagi farg`onalik futbolchilar «Paxtakor»ga qarshi o`tkazilgan chempionat doirasidagi 40ta o`yinning 16tasida zafar quchishgan. 17ta o`yin Toshkent grandining g`alabasi bilan yakuniga etgan bo`lsa, qolgan 7ta bellashuvda g`olib jamoa aniqlanmagan. Bugungi o`yin mezbonida g`alabalar sonini tenglashtirib olish imkoni mavjud.

Gollar statistikasida ham kichik ustunlik poytaxt jamoasi tarafida – 65:56. Buni yirik hisobdagi g`alabalar sonining nisbatan ko`p ekani bilan izohlash o`rinli. O`zaro to`qnashuvlarda «Neftchi»ning eng yaxshi ko`rsatkichi 4:0 bo`lsa, «Paxtakor» bu borada yirokroq g`alabaga erishishga muvaffaq bo`lgan – 6:1.

Farg`onada o`tayotgan so`nggi ikki mavsumdagi o`yinda «Paxtakor» g`alaba qozona olmayotgani e`tiborga molik. Ikki yil avval jamoalar 3:3 hisobidagi jangovor durangga imzo chekkan bo`lishsa, bir mavsum avval – 22 oktyabrda «Neftchi» mehmoni bo`lgan «Paxtakor» 1:4 hisobida engilgandi. Anvar Berdiev va Alisher Xoliqov tomonidan qayd etilgan dubllarga, toshkentliklardan Stanislav Andreev bir marta javob qaytargan. Shu mavsumning birinchi davrasida poytaxtda bo`lib o`tgan o`yinda «Paxtakor» minimal hisobda zafar quchgan. Qayd etish kerak, so`nggi mavsumni toshkentliklar 3, vodiyliklar 4-o`rinda yakunlashgan.

Bugungi o`yindagi g`alaba «Paxtakor»ni turnir jadvalida 1-o`ringa olib chiqadi. Ayni paytda Deyan Jurjevich shogirdlari peshqadam «Bunyodkor»dan 2 ochko ortda borishmoqda. «Neftchi» bugungi 3 ochko bilan Oliy liganing to`rtinchi jamoasi bo`lib olish imkoniga ega.

«Neftchi» - «Paxtakor» ishtirokidagi o`yindan keyin Oliy liga turnir jadvali bir tekis ko`rinishga keladi. Bunga qadar farg`onalik futbolchilarning OFK Kubogidagi ishtiroki sabab, 2ta o`yin boshqa sanaga qoldirilgandi.

Bugungi o`yin 19:00da boshlanadi.  

cola
apex
mib
mib
mib
mib