Nasaf» o`z maydonida «Neftchi»ga yutqazdi

05.06.2012

Nasaf» o`z maydonida «Neftchi»ga yutqazdi

Farg`onaning «Neftchi» klubi «Nasaf»ning sakkiz o`yindan iborat mag`lubiyatsiz seriyasiga chek qo`ydi.

5 iyun, seshanba kuni Qarshi shahrida Oliy Liga 3-turning qoldirilgan o`yini doirasida Qarshining «Nasaf» jamoasi Farg`onaning «Neftchi» klubini qabul qildi. O`yin mehmonlarning 2:1 hisobidagi irodali g`alabasi bilan yakuniga etdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida «Nasaf» hujumchisi Ivan Boshkovich hisobni ochoganiga qaramay, oradan uch daqiqa o`tar-o`tmas, «Neftchi» hujumchisi Otabek Isroilov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. O`yin yakunlanishiga 7 daqiqa qolganida esa «Neftchi» futbolchilari g`alaba to`pini urishga ulgurishdi. Hal qiluvchi gol Sherzod Hakimov hisobiga yozildi.

Ushbu g`alabadan so`ng «Neftchi» besh o`ringa yuqorilab, 5-pog`onaga ko`tarilib olgan bo`lsa, «Nasaf» Oliy Liga peshqadamligini qo`lga kiritish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Ushbu g`alaba «Neftchi» uchun safar o`yinlaridagi ilk muvaffaqiyat hisoblansa, «Nasaf» uchun o`z maydonidagi mavsumdagi ilk mag`lubiyat sanaladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib