PFL klublar terma jamoasi O`zbekiston milliy terma jamoasi darvozasiga beshta gol urdi.
28 may, dushanba kuni PFL klublar terma jamoasi hamda O`zbekiston milliy terma jamoasi o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvi bo`lib o`tdi. O`zbekiston klublarida to`p suruvchi legionerlar, mahalliy futbolchilar, shuningdek, xorij chempionatlarida to`p suruvchi o`zbekistonlik futbolchilardan tashkil topgan terma jamoa 3 iyun kuni Eron terma jamoasiga qarshi o`yinga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasini 5:3 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
PFL klublar terma jamoasi tarkibida “Paxtakor”ning gruziyalik yarim himoyachisi Kaxi Maxaradze, “Nasaf”ning turkmanistonlik yarimhimoyachisi Artur Gevorkyan va chernogoriyalik hujumchi Ivan Boshkovich to`p surdi. Bundan tashqari, faoliyatini Rossiyaning “Sibir” klubida davom ettirayotgan Vagiz Galiulin ham PFL terma jamoasi safida to`p surdi.
PFL terma jamoasida eng ko`p vakil – besh nafar futbolchi Qarshining “Nasaf” jamoasidan bo`ldi. Darvozada Murod Zuhurov harakat qilgan bo`lsa, himoyada Jahongir Jiyamurodov va Maqsud Karimov o`ynadi. “Paxtakor”dan Stanislav Andreev, «Lokomotiv»dan Islom Inomov, «Neftchi»dan Mansur Saidov hamda Anvar Berdiev ilk daqiqalardan PFL terma jamoasi safida to`p surishdi.
Rustam Akramov va Marat Miftaxutdinov qo`l ostida to`p surgan PFL terma jamoasining gollari “Nasaf” hujumchisi Ivan Boshkovich, “Neftchi” vakili Anvar Berdiev, “Sibir” yarimhimoyachisi Vagiz Galiulin, “Paxtakor” yarimhimoyachisi Stanislav Andreev hamda “Nasaf” yarimhimoyachisi Artur Gevorkyan hisobiga yozildi. O`zbekiston milliy terma jamoasi safida esa “Buxoro” yarimhimoyachisi Jasur Hasanov, “Lokomotiv” hujumchisi Aleksandr Shadrin hamda Rossiyaning “Anji” klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov gol muallifiga aylandi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi 3 iyun kuni JCh-2014 saralash bosqichi o`yinlari doirasida Eron milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv oldidan e`lon qilingan kengaytirilgan tarkibga Oliy Liga klublaridan 15 nafar futbolchini kiritgan.
PFL termasi – O`ZBEKISTON 5:3 (2:1)
GOLLAR: Ivan Boshkovich, Anvar Berdiev, Vagiz Galiulin, Stanislav Andreev, Artur Gevorkyan – Jasur Hasanov, Aleksandr Shadrin, Odil Ahmedov.
PFL terma jamoasi: Murod Zuhurov, Jahongir Jiyamurodov, Maqsud Karimov, Islom Inomov, Stanislav Andreev, Artur Gevorkyan, Mansur Saidov, Kaxi Maxaradze, Vagiz Galiulin, Anvar Berdiev, Ivan Boshkovich.
O`ZBEKISTON: Temur Juraev, Viktor Karpenko, Odil Ahmedov, Shavkat Mullajonov, Ilhom Suyunov, Jasur Hasanov, Server Jeparov, Islom To`xtaxo`jaev, Oleg Zoteev, Marat Bikmaev, Kenja To`raev.