O`zbekiston Kubogi 1/8 final o`yinlarida o`zgarish

28.05.2012

O`zbekiston Kubogi 1/8 final o`yinlarida o`zgarish

O`zbekiston Kubogi nimchorak finalidan o`rin olgan «Lokomotiv» – «Neftchi» uchrashuvi 29 maydan 5 iyulga ko`chirildi.

Ushbu o`zgarish Reglamentning 4.23-bandiga asosan amalga oshirildi. «Lokomotiv» – «Neftchi» o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi 1/8 finalning dastlabki uchrashuvi 5 iyul kuni Toshkent shahrida bo`lib o`tsa, javob o`yini 9 iyul kuni Farg`onada bo`lib o`tadi.

«Dinamo» – «Buxoro» va «Lokomotiv» – «Neftchi» juftliklari g`oliblari o`rtasidagi chorak final o`yinlari 25 va 29 iyul kunlari bo`lib o`tadi. «Uyda-safarda» o`yinlari ketma-ketmaligi qur`a yordamida aniqlanadi.

Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston Kubogi nimchorak final dastlabki uchrashuvlarining ba`zilari 24-25 may kunlari bo`libo`tgandi. 11 iyun kuni esa «Bunyodkor» va «Sho`rtan» jamoalari o`rtasidagi dastlabki o`yin bo`lib o`tishi kerak.

cola
apex
mib
mib
mib
mib