O`zbekiston Kubogi: «Nasaf» yirik hisobda g`alaba qozondi

25.05.2012

O`zbekiston Kubogi: «Nasaf» yirik hisobda g`alaba qozondi
2012 yilgi O`zbekiston Kubogining 1/8 final bosqich o`yinlari start oldi.
 
24 may, payshanba kuni 1/8 final dastlabki o`yinlari doirasida ilk ikki o`yin bo`lib o`tdi. Qarshining «Nasaf» jamoasi o`z maydonida Sirdaryo viloyatining «Guliston» jamoasini qabul qilib, yirik – 6:1 hisobida g`alaba qozongan bo`lsa, «Andijon» o`z maydonida «Olmaliq»ni 3:1 hisobida mag`lub etdi.
 
1/8 final dastlabki uchrashuvlar doirasidagi navbatdagi o`yinlar 25 may, juma kuni bo`lib o`tadi.
 
O`zbekiston Kubogi, 1/8 final, dastlabki uchrashuvlar
24 may, payshanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Guliston» (Guliston)6:1 (3:0)
Hakamlar: T. To`xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), U. Karimov (Andijon), Sh. Ro`ziqulov (Qarshi).
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: Sh. Mirxoldirshaev (12, 25, 73), F. Musaev (18), S. Ne`matov (85), N. Otaqo`ziev (90) – R. Hasanov (64).
Ogohlantirishlar: X. Yuldashev (19), S. Jo`raev (ikkisi ham -«Guliston», 59).
1241 tomoshabin.
 
«Andijon» (Andijon) – «Olmaliq» (Olmaliq) 3:1 (0:0)
Hakamlar: S. Zaylobidinov (Farg`ona), A. Rajabboev (Namangan), R. G`opurov (Namangan), A.Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).     
Gollar: R. A`zamov (46), L. Soliev (67, 71) – S. Shoahmedov (79).
Ogohlantirish: S. Shoahmedov (77).
8443 tomoshabin.
cola
apex
mib
mib
mib
mib