O`zbekiston Kubogi nimchorak final dastlabki uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar ro`yxatida o`zgarish yuz berdi.
25 may, juma kuni bo`lib o`tadigan «Navbahor» (Namangan) – «Paxtakor» (Toshkent) uchrashuvini Hasan Ro`ziev o`rniga Marat Ismoilov boshqarib boradi. Ismoilovga qanotlarda gulistonlik Vladlen Lushin hamda qarshilik Bahrom Norsafarov yordam berishadi.
Avvalroq, Ro`ziev Baxtiyor Namozovni almashtirgan edi.
O`zbekiston Kubogi nimchorak final dastlabki uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlarning to`liq ro`yxati bilan bu erda tanishish mumkin. Nimchorak final dastlabki uchrashuvlari 24-25, shuningdek, 29 may hamda 11 iyun kunlari bo`lib o`tadi.