Oliy Liga 9-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.
21 may kuni bo`lib o`tgan bahslarning birida «Dinamo» o`z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qilgan bo`lsa, Ravshan Haydarov qo`l ostidagi «Qizilqum» Toshkentda «Paxtakor» mehmoni bo`ldi. Har ikkala o`yin ham favoritlarning g`alabalari bilan yakuniga etdi.
«Paxtakor» «Qizilqum»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Stanislav Andreev, Temurxo`ja Abduxoliqov, Abbos Maxstaliev va Davron Hoshimov tomonidan kiritilgan gollar Deyan Jurjevich shogirdlari 4:0 hisobidagi yirik g`alabani taqdim etdi. Qayd etish joiz, toshkentliklar so`nggi ikki uchrashuvda jami ettita gol urishga muvaffaq bo`lishdi. Bungacha o`tkazilgan olti uchrashuvda «Paxtakor» atigi to`rtta gol urgandi, xolos.
Samarqandda bo`lib o`tgan «Dinamo» – «Bunyodkor» o`yini taqdirini Shavkat Salomov tomonidan ikkinchi bo`limning 20-daqiqasida urilgan gol hal qildi. «Bunyodkor» 9-turga qadar jami 7 ochko yo`qotganiga qaramay, hali mag`lubiyat nimaligini bilmagan va hozircha bir xil – 18 ochkodan to`plagan «Nasaf» va «Paxtakor»ni ortda qoldirib, musobaqa jadvalida birinchi o`ringa chiqib qoldi. Biroq, shuni ham e`tiborga olish kerakki, Qosimov shogirdlari asosiy raqiblaridan bitta ko`proq o`yin o`tkazishgan.
Oliy Liga, 9-tur uchrashuvlari
21 may, dushanba
«Dinamo» (Samarqand) - «Bunyodkor» (Toshkent) 0:1 (0:0)
Hakamlar: S. Zaylobidinov (Farg`ona), A. Mironov (Toshkent), N. Toshmatov (Farg`ona), D. Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gol: Sh. Salomov (66).
Ogohlantirishlar: J. Otaqulov (45), S. Sayfiev (89), R. Ahmedov (90) – A. Filiposyan (16), D. Ibrohimov (86).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Nagaev – Sh. Salomov.
13236 tomoshabin.
«Paxtakor» (Toshkent) – «Qizilqum» (Zarafshan) 4:0 (1:0)
Hakamlar: V. Najafaliev (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), A. Snetkov (Toshkent viloyati), A. Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Gollar: S. Andreev (23), T. Abduxoliqov (48), A. Maxstaliev (76), D. Hoshimov (85).
Ogohlantirishlar: T. Vasilev (71), A. Samatov (ikkisi ham - «Qizilqum», 84).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Maxstaliev – Sh. Jo`raev.
2103 tomoshabin.