Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

21.05.2012

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari
Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda Oliy Liga va O`zbekiston Birinchiligidagi qoidabuzarliklar bo`yicha qarorlar chiqarildi.
 
Oliy Liga
«Olmaliq»ga qarshi 7-tur uchrashuvida raqib ko`kragiga oyoq bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Navbahor» hujumchisi Arturas Fomenko 1ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
 
«Paxtakor»ga qarshi 7-tur uchrashuvida tajovuzkor hulqi uchun maydondan chetlatilgan «Andijon» yarimhimoyachisi Akbar Xo`jaev 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
 
«Lokomotiv»ga qarshi 8-tur uchrashuvida hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlarni bildirgani uchun «Andijon» yarimhimoyachisi Anvar Rahimov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
 
7-turdan o`rin olgan «Olmaliq» – «Navbahor» uchrashuvidan so`ng hakamlar brigadasi noma`qul so`zlar bilan haqorat qilgani uchun «Navbahor» shifokori B.Abdug`aniev ogohlantirildi va jarimaga tortildi. Bu kabi holatlar takrorlanadigan bo`lsa, yanada qat`iyroq choralar ko`riladi.
 
Birinchi Liga
«Registon»ga qarshi birinchi bosqich 8-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlarni bildirgani uchun «G`allakor-Avtomobilchi» hujumchisi Bahriddin Rahmonqulov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
 
«Xorazm»ga qarshi birinchi bosqich 8-tur uchrashuvida noma`qul hulqi uchun chetlatilgan «Nasaf-2» murabbiyi R.Muhammadkarimov ogohlantirildi va jarimaga tortildi. Bu kabi holat yana takrorlanadigan bo`lsa, yanada qat`iyroq chora ko`riladi.
 
«Paxtakor-2-Chilonzor»ga qarshi birinchi bosqich 9-tur uchrashuvida to`p uchun kurashda raqibi oyog`iga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Zomin» yarimhimoyachisi Bahodir Akramov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
 
«Guliston»ga qarshi 9-tur uchrashuvida hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlarni bildirgani uchun chetlatilgan «Chust-Paxtakor» menejeri Solijon Qayumov ogohlantirildi va jarimaga tortildi. Bu kabi holat yana takrorlanadigan bo`lsa, yanada qat`iyroq choralar ko`riladi.
 
«Buxoro-2»ga qarshi 10-tur uchrashuvida jarohat etkazish maqsadida raqib oyog`iga zarba bergan «Orol» himoyachisi Nuratdin Saydullaev 4ta uchrashuvda diskvalifikatsiya qilindi.
 
«Orol»ga qarshi 10-tur uchrashuvida raqib sha`niga noma`qul fikrlarni bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Buxoro-2» yarimhimoyachisi Suhrob Qobilov 1ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
 
«G`allakor-Avtomobilchi»ga qarshi 10-tur uchrashuvida tajovuzkor hulqi uchun maydondan chetlatilgan «Yoshlik» darvozaboni Akmal Choriev 6ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
 
«Guliston»ga qarshi 10-tur uchrashuvida bosh hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlarni bildirgani uchun «Kosonsoy» murabbiyi Abduvosit Azizov ogohlantirildi va jarimaga tortildi. Bu kabi holat takrorlansa, yanada qat`iyroq choralar ko`riladi.
 
«G`allakor-Avtomobilchi»ga qarshi 11-tur uchrashuvida tajovuzkor hulqi uchun maydondan chetlatilgan «So`g`diyona» himoyachisi Elyor Oripov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
 
«Paxtakor-2-Chilonzor»ga qarshi 11-tur uchrashuvida o`yin to`xtatilgan vaqtda raqibiga tizzasi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Oqtepa» hujumchsii Vladimir Baranov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
cola
apex
mib
mib
mib
mib