O`zbekiston Kubogi, 1/8 final: hakamlar tarkibida o`zgarish

21.05.2012

O`zbekiston Kubogi, 1/8 final: hakamlar tarkibida o`zgarish
O`zbekiston Kubogi nimchorak final dastlabki uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar ro`yxatida o`zgarish yuz berdi.
25 may, juma kuni bo`lib o`tadigan «Navbahor» (Namangan) – «Paxtakor» (Toshkent) uchrashuvini Baxtiyor Namozov o`rniga Hasan Ro`ziev boshqarib boradi. Toshkentlik Ro`zievga qanotlarda gulistonlik Vladlen Lushin hamda qarshilik Bahrom Norsafarov yordam berishadi.
O`zbekiston Kubogi nimchorak final dastlabki uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlarning to`liq ro`yxati bilan bu erda tanishish mumkin. Nimchorak final dastlabki uchrashuvlari 24-25, shuningdek, 29 may hamda 11 iyun kunlari bo`lib o`tadi.

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib