O`zbekiston Kubogi, 1/8 final: barcha o`yinlar muddati aniq

18.05.2012

O`zbekiston Kubogi, 1/8 final: barcha o`yinlar muddati aniq

 

O`zbekiston Professional futbol ligasi O`zbekiston Kubogi 1/8 finalining yana ikki o`yini muddatlarini belgiladi.
 
«Navbahor» va «Paxtakor» o`rtasidagi dastlabki o`yin 25 may kuni bo`lib o`tsa, «Bunyodkor» hamda «Sho`rtan» o`rtasidagi bahs 11 iyun kuni o`tkaziladi.
 
Bundan tashqari, Oliy Liga 5-turining qoldirilgan uchrashuvi – «Neftchi» – «Navbahor» o`yinini zaxira kuni – 11 iyun kuni o`tkazish haqida qaror qabul qilindi. 10-turdan o`rin olgan «Navbahor» – «Neftchi» uchrashuvi esa 15dan 16 iyunga ko`chirildi.
 
O`zbekiston Kubogi, 1/8 final, dastlabki uchrashuvlar
24 may, payshanba
 «Nasaf» - «Guliston»
«Andijon» - «Olmaliq»
 
25 may, juma
«Metallurg» - «So`g`diyona»
«Dinamo» - «Buxoro»
«Mash`al» - «Qizilqum»
«Navbahor» - «Paxtakor»
 
29 may, seshanba
«Lokomotiv» - «Neftchi»
 
11 iyun, dushanba
«Bunyodkor» - «Sho`rtan»
cola
apex
mib
mib
mib
mib