Oliy liga 8-turidan joy olgan so`nggi ikki uchrashuv o`z yakuniga etdi.
Chempionat autsayderlari qatorida borayotgan «Buxoro»ni Bekobodda qabul qilgan «Metallurg» o`yin yakuniga 6 daqiqa vaqt qolganida ikki to`p kirib, 3 ochko egasiga aylandi. 84 va 86-daqiqalarda kiritilgan har ikkala gol Zohid Abdullaev hisobiga yozildi.
O`tgan turda Muborakning «Mash`al» klubini yirik hisobda mahf etgan Farg`onaning «Neftchi» klubi, mazkur turda Zarafshonda «Qizilqum»ga imkoniyatni boy berdi – 1:2. Birinchi bo`limda San`at Shixov tomonidan qayd etilgan dublga, ikkinchi bo`limda Baxtiyor Yoqubov bir marta javob qaytardi.
Oliy liga. 8-tur
13 may, 2012 yil 13-may
«Qizilqum» - «Neftchi» 2:1
Gollar: San`at Shixov (9, 25) — Baxtiyor Yoqubov (52-pen)
«Metallurg» - «Buxoro» 2:0
Gollar: Zohid Abdullaev (84, 88)