«Navbahor» va «Dinamo» durang o`ynadi

12.05.2012

«Navbahor» va «Dinamo» durang o`ynadi

Oliy Liga 8-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

12 may kuni Kosonsoyda Namanganning «Navbahor» hamda Samarqandning «Dinamo» jamoalari o`zaro maydonga tushdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.

«Vodiyga faqat g`alabani ko`zlab borgan Ahmad Ubaydullaev shogirdlari o`yinning dastlabki daqiqalaridan hujumkorlik ko`rsatishga intilishdi. Natijada o`yinning 15-daqiqasida Leonid Koshelev amalga oshirgan standart vaziyatidan keyin, Ro`zimboy Ahmedov bosh bilan berilgan zarba bilan uchrashuvda hisobni ochib, Samarqanddan tashrif buyurgan 30ga yaqin muxlislarning quvonchiga sabab bo`ldi», - deb yozadi o`yindagi birinchi gol haqida «Dinamo» rasmiy sayti.

«Ikkinchi bo`lim boshlarida ham «Navbahor» hujumkorlikni oshirgan holda to`p surdi. Lekin, aksariyat hujumlar noaniqliklar tufayli o`zining mantiqiy yakuniga etmay qoldi. Samarqandliklar xuddi birinchi bo`limda bo`lgani kabi himoyada ishonchli o`yin ko`rsatish orqali imkoniyatlarini kutishdi. Namanganliklarning hujumlari 77-daqiqaga kelib o`z samarasini berdi. Ilhom Boydedaevning chiroyli to`p oshirishidan keyin G`ayrat Jo`raev Melnichuk darvozasiga aniq yo`llay oldi», - deyiladi «Navbahor» rasmiy saytidagi o`yin sharhida.

Ushbu natijadan so`ng «Navbahor»ning ochkolari soni 7taga, «Dinamo»niki esa 11taga etdi. Namanganliklar 12-o`rinni egallab turishgan bo`lsa, undan 4 ochko ko`p jamg`argan Samarqand jamoasi 4-o`rinni band etgan.

Oliy Liga 8-turining so`nggi ikki uchrashuvi 13 may kuni bo`lib o`tadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib