Oliy Liga 8-turidan o`rin olgan 11 maydagi o`yinlar yakuniga etdi.
Kunning dastlabki uchrashuvida o`zining yangi qurib bitkazilgan stadionida «Andijon»ni qabul qilgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi 1:1 hisobida durang o`ynab, o`z maydonidagi g`alabasiz o`yinlar seriyasini to`rtta o`yinga etkazgandi.
Kunning qolgan uchrashuvlari Toshkentning «Jar» hamda G`uzordagi «G`uzor» stadionlarida bo`lib o`tdi. «Bunyodkor» o`z maydonida «Olmaliq»ni 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, «Nasaf», mehmonda o`ynashiga qaramay, «Sho`rtan» ustidan 3:2 hisobida irodali g`alabaga erishdi hamda chempionatdagi mag`lubiyatsiz seriyasini saqlab qoldi.
Ta`kidlash joiz, «Nasaf» aynan 8-tur uchrashuvida o`z darvozasidan mavsumdagi ilk golni o`tkazib yubordi. «Nasaf» darvozasiga urilgan birinchi gol «Sho`rtan» yarimhimoyachisi Vyacheslav Ponomaryov hisobiga yozildi. Yana bir qiziq fakt sifatida, qarshiliklar G`uzordan 2008 yildan beri birinchi marta g`alaba bilan qaytishganini e`tirof etish mumkin. O`tgan to`rt mavsum davomida «Sho`rtan» o`z maydonida o`tkazilgan barcha uchrashuvlarda g`alaba qozonishga muvaffaq bo`lgandi.
Ushbu g`alabalardan so`ng «Bunyodkor» hamda «Nasaf» 7-turdan so`ng chempionatning yuqori qismida o`rnatilgan qo`shpeshqadamlikni saqlab qolishdi, biroq «Nasaf» hali bitta o`yin zaxirasiga ega.
Turning navbatdagi uchrashuvlari 12 va 13 may kunlari bo`lib o`tadi.