«Lokomotiv»ning yangi stadiondagi ilk o`yini durang bilan yakunlandi

11.05.2012

«Lokomotiv»ning yangi stadiondagi ilk o`yini durang bilan yakunlandi

Oliy Liga 8-tur bahslari davom etmoqda.

11 may kuni bo`ladigan o`yinlarni Toshkentning «Lokomotiv» va Andijonning «Andijon» jamoalari o`rtasidagi bahs ochib berdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. O`yinda hisob birinchi bo`limning o`rtalarida andijonliklar hujumchisi Vladimir Shishelev tomonidan ochildi. Ta`kidlash joiz, bu mehmonlarning butun o`yin davomida kam sonli imkoniyatlaridan biri edi.

Butun o`yin davomida katta tashabbusga ega bo`lgan «Lokomotiv» uchrashuv yakunlanishiga 10 daqiqadan kamroq vaqt qolgan bir paytda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. «Lokomotiv» himoyachisi Islom To`xtaxo`jaevning golidan biroz avvalroq «Andijon» bir kishi kam bo`lib qolgan edi — bosh hakam Hasan Ro`zievning ikkinchi ogohlantirishidan so`ng «Andijon» himoyachisi Ibrohim Otaxonov maydonni jamoadoshlaridan avvalroq tark etishga majbur bo`ldi.

Mavsumdagi to`rtinchi uy uchrashuvini o`tkazgan «Lokomotiv» 12 imkoniyatdan faqatgina 3 ochko to`plashga muvaffaq bo`ldi. Bungacha «temiryo`lchilar» mehmoni bo`lgan «Neftchi» va «Paxtakor» ham 1:1 hisobidagi durangni qayd etgan, «Nasaf» esa 1:0 hisobidagi g`alaba bilan uyga qaytishga muvaffaq bo`lgandi. Ta`kidlash joiz, «Lokomotiv» bungacha barcha uy uchrashuvlarini TTYMI stadionida o`tkazgan bo`lsa, «Andijon»ga qarshi o`yin TTZ dahasidagi yangi stadionda o`tkazilgan ilk rasmiy uchrashuv edi.

Musobaqa jadvalining eng quyi pog`onasida borayotgan «Andijon» esa safardagi to`rtinchi o`yini ikkinchi ochkoni qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldi. Aleksandr Averyanov shogirdlari bungacha 1-turda «Metallurg» maydonidan 1:1 hisobidagi durang bilan qaytishga muvaffaq bo`lishgandi.

11 may kuni, shuningdek, «Bunyodkor» – «Olmaliq» hamda «Sho`rtan» – «Nasaf» uchrashuvlari ham bo`lib o`tadi. 8-turning ushbu o`yinlari, xuddi «Lokomotiv» – «Andijon» o`yini singari, «Sport» telekanalida namoyish etiladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib