Farhod Magometov OFK Professional qo`mitasining 4-yig`ilishida qatnashadi

11.05.2012

Farhod Magometov OFK Professional qo`mitasining 4-yig`ilishida qatnashadi
OFK Professional futbol qo`mitalarining 4-yig`ilishi 17 iyul kuni Kuala-Lumpurda bo`lib o`tadi.
 
Professional ligalar hamda Professional klublar qo`mitalari yig`ilishlari ham bo`lib o`tadi. Unda Chempionlar ligasidagi kvotalar, litsenziyalashtirish masalalari ko`rib chiqiladi. 2013 yilda milliy uyushmalardan Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoalar soni o`zgaradi. Shu munosabat bilan, bu yil bo`ladigan yig`ilishlarning ahamiyati katta.
 
Professional ligalar qo`mitasi ishida O`zPFL direktori Farhod Magometov ishtirok etsa, Professional klublar qo`mitasiga O`zbekistondan «Paxtakor» vitse-prezidenti Samvel Babayan ishtirok etadi.
cola
apex
mib
mib
mib
mib