23-30 may kunlari Klublarni litsenziyalashtirish bo`yicha O`FF hamda PFL xodimlari, shuningdek, Oliy Liga klublari uchun seminarlar o`tkaziladi.
23-24 may kunlari O`FF hamda PFL xodimlari uchun seminarlar tashkil etiladi. Unda OFK hamda O`zbekistondagi klublarni litsenziyalashtirish tizimi to`g`risida ma`lumot, litsenziyalashtirishda qo`yiladigan sport, infratuzilmaviy, ma`muriy va huquqiy talablar haqida tushunchalar beriladi.
25-26 may kuni xuddi shunday seminar Oliy Liga klublari ishtirokida o`tkaziladi. Seminarlarni OFK Klublarni litsenziyalashtirish menejeri Alisher Nikimbaev hamda O`zPFL Litsenziyalashtirish menejeri Aleksey Frolov olib boradi.
27-30 may kunlari esa Oliy Liganing to`rt klubi – «Olmaliq», «Dinamo», «Buxoro» hamda «Muborak» dastlabki baholash jarayonidan o`tadi. Litsenziyalashtirish boshqarmasi xodimlari, Olmaliq, Samarqand, Buxoro va Muborakda bo`lib, to`rt kun davomida bu klublarning hujjatlari, stadioni, mashg`ulot bazalarini tekshirib chiqishadi.