Oliy Liga 8-turining uchta o`yini «Sport»da namoyish etiladi

11.05.2012

Oliy Liga 8-turining uchta o`yini «Sport»da namoyish etiladi

 

«Sport» teleradiokanali Oliy Liga 8-tur uchrashuvlarini translyatsiya qiladi.
 
«Sport» teleradiokanali Toshkentda bo`ladigan ikkita, shuningdek, G`uzorda bo`ladigan «Qashqadaryo derbi»sini translyatsiya qiladi. Ushbu translyatsiyalardan faqat bittasi jonli bo`ladi. Ushbu uchrashuvlarning barchasi 11 may kuni bo`lib o`tadi.
 
17:55da «Bunyodkor» – «Olmaliq» uchrashuvidan jonli reportaj boshlansa, 00:10da «Sho`rtan» – «Nasaf» uchrashuvi yozib olingan holda namoyish etiladi. 11 may kuni 16:00da TTZ stadionidagi yangi stadionda boshlanadigan «Lokomotiv» – «Andijon» uchrashuvi esa 12 mayga o`tar kechasi 02:25dan boshlab namoyish etiladi.
 
Eslatib o`tamiz, 10 may kuni start olgan Oliy Liga 8-tur uchrashuvlari 13 may kuni, «Qizilqum» – «Neftchi» bahsi bilan yakuniga etadi.
 
«Sport» telekanalida namoyish etiladigan Oliy Liga 8-tur o`yinlari jadvali
 
11 may, juma
51
«Sho`rtan» – «Nasaf»
00:10 (yozib olingan holda)
52
«Bunyodkor» – «Olmaliq»
17:55 (jonli)
53
«Lokomotiv» – «Andijon»
02:25 (yozib olingan holda)
 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib