Oliy Liga 8-tur uchrashuvida bir futbolchi diskvalifikatsiya sabab maydonga tusha olmaydi.
11 may kuni «Andijon»ga qarshi bo`ladigan o`yinda Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi yarim himoyachisi Sadriddin Abdullaev maydonga tusha olmaydi. Futbolchining mavsum boshidan beri olgan sariq kartochkalari soni to`rttaga etgan.
«Lokomotiv» yarimhimoyachisi Oliy Liganing «Navbahor» (3-tur), «Neftchi» (4-tur), «Paxtakor» (6-tur) hamda «Metallurg» (7-tur) jamoalariga qarshi uchrashuvlarda hakamlar tomonidan ogohlantirilgan edi.