Yoshlar Birinchiligida 8-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
10 may kuni tur doirasida uchta o`yin bo`lib o`tdi. Musobaqa peshqadami – «Qizilqum»ni izma-iz ta`qib etayotgan «Olmaliq» o`z maydonida «Bunyodkor» yoshlarini 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. «Bunyodkor» va «Olmaliq» jamoalari yoshlari aslida Chirchiq shahrida kuch sinashishlari lozim edi. Biroq «Bunyodkor» yoshlari va farm-klubining uy uchrashuvlari bir kunga to`g`ri kelib qolganligi bois yosh «qaldirg`ochlar» Olmaliqqa safar uyushtirishdi. Ikkinchi davradagi bahs esa Chirchiq shahrida o`tadigan bo`ldi. O`yinda kichik ustunlikka ega bo`lgan olmaliqliklar 2:1 hisobida g`alaba qozondilar. Mezbonlar vakillari Zafar To`raev va Vitaliy Zoteev tomonidan kiritilgan gollarda «Bunyodkor»dan Anvar Rajabov javob qaytara oldi xolos», - deb yozadi o`yin haqida «Bunyodkor» rasmiy sayti.
«Lokomotiv» yoshlari o`z maydonida «Andijon»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo`lsa, G`uzorning «Sho`rtan» klubi xuddi shu hisobda Qarshining «Nasaf» jamoasini mag`lubiyatga uchratdi.
«Uchrashuv derbi maqomiga ega bo`lganligi sababli, qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo`ldi. Har ikki jamoa a`zolari hujumkor futbol namoyish etishga harakat qilishdi. O`yinning dastlabki bo`limida o`ng qanotdan oshirib berilgan to`pni Patrik Agbo boshi bilan «Nasaf» darvozasini ishg`ol etgan bo`lsa, ikkinchi taymda Shahzod Xursanovga nisbatan ishlatilgan qo`pollikdan so`ng mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrli jarima to`pini esa Obid Jo`raboev o`zining kuchli va aniq zarba bilan «Nasaf» darvozasi nishonga oldi hamda hisobni 2:0ga etkazdi. Uchrashuv yakuniga etib borayotgan pallada «Sho`rtan» himoyachilari biroz xotirjamlikka berilib ketishdi va bundan «Nasaf» futbolchilari unumli foydalanib, Husan Orziqulov darvozasini ishg`ol etishdi. Ammo, bu kiritilgan gol mehmonlarni mag`lubiyatdan qutilib qolishlari uchun kamlik qildi», - deb yozadi o`yin haqida «Sho`rtan» rasmiy sayti.
Turning qolgan uchrashuvlari 11-12 may kunlari bo`lib o`tadi.
Yoshlar Birinchiligi, 8-tur uchrashuvlari
10 may, payshanba
«ShO`RTAN» (G`uzor) – «NASAF» (Qarshi) 2:1 (1:0)
Hakamlar: I. Gormashov (Toshkent), N. Qosimov, S. Sattorov, F. Norsafarov.
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: P. Agbo (24), O. Jo`raboev (67, penalti) – S. Baratov (90).
Ogohlantirishlar: Ya. Krushelnitskiy (38), B. Xo`jayorov (42), O. Jo`raboev (54) – S. Baratov (37), A. Malikov (61), A. Ahmedov (66).
117 tomoshabin.
«OLMALIQ» (Olmaliq) - «BUNYoDKOR» (Toshkent) 2:1 (1:0)
Hakamlar: A. Kalinin (Qarshi), A. Tsapenko, I. Abdulakov, A. Mo`minov.
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: Z. To`raev (6), V. Zoteev (71) – A. Rajabov (87).
Ogohlantirishlar: Sh. Mullajonov (74) - S. Jorjevich (12), D. Ikromov (45+1).
124 tomoshabin.
«LOKOMOTIV» (Toshkent) – «ANDIJON» (Andijon) 1:2 (0:1)
Hakamlar: N. Boltaev (Navoiy), R. Nugmanov, A. Po`latov, Ya. Najafaliev.
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: T. Ayzatulov (90+3) – A. Jo`raboev (24, 71).
Ogohlantirishlar: A. Berdiev (28), I. Aliboev (41), E. Rasulov (43), S. Abdullaev (49) – A. Ergashev (28), A. Qayumov (64), A. Bahritdinov (68).
86 tomoshabin.
10 may holatiga ko`ra musobaqa jadvali
1
|
QIZILQUM (Zarafshon)
|
7
|
6
|
0
|
1
|
14-6
|
18
|
2
|
OLMALIQ (Olmaliq)
|
8
|
6
|
0
|
2
|
13-7
|
18
|
3
|
ANDIJON (Andijon)
|
8
|
5
|
1
|
2
|
12-5
|
16
|
4
|
PAXTAKOR (Toshkent)
|
7
|
4
|
2
|
1
|
11-9
|
14
|
5
|
METALLURG (Bekobod)
|
7
|
3
|
3
|
1
|
11-9
|
12
|
6
|
LOKOMOTIV (Toshkent)
|
8
|
2
|
4
|
2
|
11-10
|
10
|
7
|
BUNYoDKOR (Toshkent)
|
8
|
2
|
3
|
3
|
12-13
|
9
|
8
|
DINAMO (Samarqand)
|
7
|
2
|
2
|
3
|
9-10
|
8
|
9
|
MASh`AL (Muborak)
|
8
|
2
|
2
|
4
|
10-13
|
8
|
10
|
NASAF (Qarshi)
|
7
|
2
|
1
|
|