«Paxtakor» Oliy Liga-2012dagi ilk yirik hisobli g`alabasini tantana qildi

10.05.2012

«Paxtakor» Oliy Liga-2012dagi ilk yirik hisobli g`alabasini tantana qildi
Oliy Liga 8-tur ilk uchrashuvida «Paxtakor» safarda to`p surishiga qaramay, raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urishga muvaffaq bo`ldi.
 
10 may, payshanba kuni Oliy Liga 8-tur uchrashuvlari start oldi. Toshkentning «Paxtakor» klubi Muborakda «Mash`al» mehmoni bo`lib, 3:0 hisobida g`alaba qozondi. Deyan Jurjevich jamoasining gollariga Irakli Klimiashvili, Ilhom Suyunov hamda Temurxo`ja Abduxoliqov mualliflik qilishdi.
 
Bu «Paxtakor»ning mavsumdagi ilk yirik g`alabasi hisoblanadi. O`z navbatida, Vladimir Fomichyov shogirdlari mavsumda ilk bor o`z darvozalaridan uchta gol o`tkazib yuborishdi.
 
Oliy Liga, 8-tur uchrashuvi
10 may, payshanba
«MASh`AL» (Muborak) – «PAXTAKOR» (Toshkent) 0:3 (0:2)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Choriev (Termiz).
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Gollar: I. Klimiashvili (31), I. Suyunov (41), T. Abduxoliqov (50).
Ogohlantirishlar: M. G`ofurov (82) – E. Krimets (78).
Eng yaxshi o`yinchilar: G. Sapargaliev – I. Suyunov.
cola
apex
mib
mib
mib
mib