Yoshlar Birinchiligida 8-tur bahslari start oldi.
Turni «Paxtakor» hamda «Mash`al» yoshlari ishtirokidagi o`yin ochib berdi. 9 may kuni Muborakda bo`lgan bahsda toshkentlik futbolchilar 2:1 hisobida g`alaba qozonishdi.
«Mash`al» bilan bellashuvda futbolchilarimiz tashabbusga ega bo`lishdi. Birinchi taymda Igor Sergeev yoshlarimizni oldinga olib chiqqan bo`lsa, ikkinchi bo`limda Sergey Rekun oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Faqat oxirgi daqiqalarda mezbonlardan Nodir Davlatov hisobni qisqartirdi. Shu tariqa 7 uchrashuvdan keyin 14 ochko to`plagan yosh futbolchilarimiz uchinchi o`ringa ko`tarilishdi», - deb yozadi o`yin haqida «Paxtakor» rasmiy sayti.
Yoshlar Birinchiligi, 8-tur uchrashuvi
9 may, chorshanba
«MASh`AL» (Muborak) – «PAXTAKOR» (Toshkent) 1:2 (0:1)
Hakamlar: A. Choriev (Termiz), F. Usmonov, F. Norsafarov, N. Qosimov.
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Gollar: N. Davlatov (85) – I. Sergeev (43), S. Rekun (75).
Ogohlantirishlar: S. Rahmonov (42) – A. Alimov (26), A. Xolmurodov (38), A. Babayan (74), M. Ubaydullaev (90+2).
327 tomoshabin.