«Bunyodkor» mavsumdagi ikkinchi yirik hisobdagi g`alabasini qo`lga kiritdi.
8 may, seshanba kuni Oliy Liga 8-turining so`nggi uchrashuvi bo`lib o`tdi. O`z maydonida Toshkentning «Bunyodkor» klubini qabul qilgan «Buxoro» 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida «Buxoro»ning legioner futbolchisi Aleksandr Tarasenko o`z darvozasini ishg`ol qilib qo`ygan bo`lsa, birinchi bo`lim o`rtalarida «Bunyodkor» sardori Viktor Karpenko 30 metrlar masofadan «Buxoro» darvozasini aniq nishonga oldi. Ikkinchi bo`limning besh daqiqasi davomida Akmal Shorahmedov hamda Ruslan Melziddinov tomonidan kiritilgan gollar «Bunyodkor» 4:0 hisobidagi g`alabani tuhfa etdi.
Ushbu g`alabadan so`ng «Bunyodkor», to`plar nisbatiga ko`ra, Oliy Liga peshqadamiga aylanib oldi. Ikkinchi o`rindagi «Nasaf» hisobida ham 14 ochko bor, biroq Qashqadaryo klubi «Bunyodkor»ga nisbatan kamroq gol urgan. Ta`kidlash joiz, «Nasaf» hozircha Oliy Ligada o`z darvozasidan birorta ham gol o`tkazib yuborgani yo`q, shuningdek, «Bunyodkor»dan bitta kam o`yin o`tkazgan.